30-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida joriy yilning so‘nggi ilmiy kengashi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy kengashni universitet rektori Jasur Rizayev kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda kirib kelayotgan yangi 2026-yil bilan barchani tabriklab, ilmiy, shaxsiy va ish faoliyatida barchaga omad tiladi.
Ilmiy kengash yil sarhisobi, yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yaratilgan yangi imkoniyatlar muhokamasi bilan boshlandi. Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2025-yil davomida ilmiy, amaliy, ta’limiy va tashkiliy masalalarda ko‘plab yutuqlarga erishildi.
Universitetda amalga oshirilgan ishlar samarasi o‘laroq, dunyoning eng nufuzli xalqaro reyting tizimlaridan biri hisoblangan Times Higher Education (THE) tomonidan 2025-yil uchun e’lon qilingan THE Impact Rankings 2025 natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilk bor dunyoning eng yaxshi 1000 ta oliy ta’lim muassasalari (601–800 o‘rinlar oralig‘i) ro‘yxatidan munosib o‘rin egalladi. Bu esa universitet bitiruvchilari uchun xalqaro miqyosda katta imkoniyatlarni ochadi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ta’lim sohasida talabalarga bir qator yengilliklar yangi imkoniyatlar yaratildi. Bu esa talabalarning nafaqat viloyat va Respublika, balki, xalqaro miqyosdagi tanlov va musobaqalarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishiga zamin yaratdi. Shuningdek, yil davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘plab Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, olimpiada va talabalar yozgi maktablariga mezbonlik qildi.
Universitet xalqaro hamkorlik borasida ham katta qadam bilan yurish qilib, yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Xususan 2025-yilda Samarqand davlat tibbiyot universiteti jahonning bir qator mamlakatlarining ta’lim muassasalari va klinik bazalari bilan hamkorlikda ko‘plab memorandumlarni imzoladi. Xalqaro hamkorlik doirasida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishda ham katta yutuqlarga erishildi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va tibbiy xodimlari yil davomida xorijiy mamlakatlarda akademik mobillik doirasida Malaka oshirdilar. Amaliy tibbiyotda ham universitetda ko‘plab yutuqlarga erishildi.
O‘tkazilgan ilmiy kengash doirasida bir qator ilmiy darajalarni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilarga attestat va diplomlari topshirildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilaio‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlarga maxsus diplom va statuetkalar taqdim etildi.









SamDTU Matbuot xizmati