Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand shahar bo‘limi bosh mutaxassisi R.I. Sultonov hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori maslahatchisi I. Qurbanov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar.
Davra suhbati davomida jamiyatda ma’rifatni yuksaltirish, yoshlarni turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash, sog‘lom dunyoqarash va ma’naviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalarni ilm-ma’rifatga intilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.








SamDTU Matbuot xizmati