×
Menu
Close Menu

​Xiva shahrida O‘zbekiston Neyroxirurglarining 4-kongressi o‘tkazildi

  2025-yil 4-6-sentyabr kunlari Xiva shahrida O‘zbekiston Neyroxirurglarining 4-kongressi o‘t  kazildi. Ushbu xalqaro anjumanda SamDTU huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi va Neyroxirurgiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, vrach-neyroxirurglari, magistratura va klinik ordinatura rezidentlaridan iborat katta delegatsiya faol ishtirok etdi. Kongressda jahonning bir qancha mamlakatlaridan, jumladan Yaponiya, Ukraina, Turkiya Respublikasi, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Polsha, AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalaridan yetakchi mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan chiqishlar qildilar. Ahamiyatlisi shundaki, ushbu anjumanda Universitetimiz va markazimizning 13 nafar vakillari, jumladan t.f.d., professor A.M. Mamadaliyev, PhD, dotsent M.A. Aliyev hamda boshqa mutaxassislarimiz sohaning eng dolzarb muammolari va Samarqandda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, tajribalar haqida ma’ruza qilidi.

  Kongress doirasida “Interoperatsion neyrofiziologik monitoring”, “Spinal endoskopiya” va “Radioxirurgiya” mavzulari bo‘yicha o‘quv-amaliyot kurslari (workshop) lar ham tashkil etildi.

  Kongressda SamDTU huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazining “Inson tanasi a’zolarini 3D modellashtirish va rekonstruksiyalashtirish ilmiy-tadqiqot laboratoriya”si faoliyati va mahsulotlari namoyish etildi. Jumladan, laboratoriyada yaratilayotgan o‘quv-simulyatsion mulyajlar, kalla suyagi va umurtqalarni protezlashda ishlatiluvchi implantlar, navigatsion modellar, ortopedik moslamalar kongress qatnashuvchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.


SamDTU Matbuot xizmati