Joriy yilning 20-avgust kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Yaponiyaning bir qator yetakchi tibbiy ta’lim muassasalari, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqaruvchi kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev tomonidan kutib olindi va uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, jumladan, klinik immunologiya, manual terapiya bo‘yicha tajriba almashishni tashkil etish, farmatsiya sohasida birgalikda ishlar olib borish, ilg‘or tibbiy texnologiyalarni jalb qilish, shuningdek, kelgusida xodimlar va talabalarning o‘zaro akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Yaponiyaning yetakchi tibbiy muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishi, nafdatqat ikki mamlakat do‘stona aloqalarining mustahkamlanishida, balki, sog‘liqni saqlash tizimiga Yaponiya tajribasini joriy etishda ham muhim rol o‘ynaydi.
SamDTU Matbuot xizmati