Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​“Kasaba uyushmalari kuni” universitetda keng nishonlandi

  3-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida 11-noyabr - "Kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir oʻtkazildi.

  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamkorligida oʻtkazilgan tadbirni SamDTU yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori E.S.Tangriyev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Soʻngra SamDTU kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Y.N.Allayarov tashkilotning 2022-yilda amalga oshirgan ishlari xususida yigʻilganlarga axborot berib oʻtdi. Chiqish qilgan Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmalari Samarqand viloyat kengashi raisi M.X.Boboyorov barcha barcha ishtirokchilarni bayram sanasi bilan tabrikladi va kelgusi ishariga omadlar tiladi.

  Bayram davomida “Temir daftar” va “Ayollar daftari” roʻyxatida bo‘lgan bir nafar universitet xodimlariga qimmatbaho sovg‘alar ulashildi.

  Tadbirda SamDTU talabalarining ijodiy chiqishlari va konsert dasturi barcha ishtirokchilarga bayramona ruh bagʻishladi.



SamDTU matbuot xizmati