Chukanov Aleksey Nikolaevich
Tibbiyot fanlari doktori, professor, Belarus Respublikasining Xalqlar do‘stligi ordeni bilan taqdirlangan Vitebsk davlat tibbiyot universiteti rektori, Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ultratovush diagnostikasi bo‘yicha bosh mutaxassisi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2023-yil 6-dekabrdagi 4-sonli bayonnomasi qaroriga muvofiq Samarqand davlat tibbiyot universitetining «Faxriy professori» unvoni berilgan.