Belenova Irina Aleksandrovna
Tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining N. N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash kafedrasi mudiri.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025-yil 29-yanvardagi 6-sonli bayonnomasi qaroriga muvofiq Samarqand davlat tibbiyot universitetining «Faxriy professori» unvoni berilgan.