Achkasov Yevgeniy Yevgenyevich
Tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi akademigi, taniqli rossiyalik olim va jarroh, sport tibbiyoti hamda reabilitatsiya sohasidagi yetakchi mutaxassis. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yosh olimlar uchun fan va innovatsiyalar sohasidagi mukofoti (2008) hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumatining fan va texnika sohasidagi mukofoti laureati.
Samarqand davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2018-yil 13-noyabrdagi 2-sonli bayonnomasi qaroriga muvofiq Samarqand davlat tibbiyot institutining «Faxriy professori» unvoni berilgan.