Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari jamoat salomatligini muhofaza qilish va aholining kasallanish darajasini kamaytirish masalalariga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalishda sog‘liqni saqlash tizimida menejmentning zamonaviy modellari va ularning samaradorligi o‘rganilmoqda. Tadqiqotlarda tibbiy-statistik usullar asosida aholining sog‘lig‘i ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, profilaktik tibbiy yordamni takomillashtirish yo‘nalishida ilmiy maqolalar yaratilmoqda. Kafedra ilmiy faoliyati xalqaro tajribani o‘rganish va uni milliy sog‘liqni saqlash tizimiga tatbiq etishga qaratilgan bo‘lib, aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning samarali usullari ishlab chiqilmoqda. Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlash menejmenti kafedrasi o’qituvchilar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlar har doim ilmiy–pedagogik kadrlar tayyorlash va amaliy sog'liqni saqlash talablari bilan uzviy bog'liq holda olib borildi, ayni paytda «Sog’lom turmush tarzi shakllantirish usullari», «Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda diagnostika, davolash va profilaktika usullarini ishlab chiqish», «Tibbiy sug’urta va uning rivojlanishi» deb nomlangan fan va texnologiyalarni rivojlantirish davlat dasturida belgilangan muammolarni hal etishga qaratilgan.
Kafedra olimlari o'z ilmiy izlanishlarini amalga oshirish uchun grant buyurtmalari tanlovlarida ishtirok etadilar. Mustaqil izlanuvchilar Alimjanova Dilbar Negmatovna «Oliy ta’lim didaktik jarayonlarida mualliflik texnologiyalarini tatbiq qilish tizimi (pedagogika va psixologiya fanlari misolida)” mavzu bo’yicha, Kurbanov Anvar A]lamovich «Клинико-динамические, иммунологические, нейрофизиологические и нейропсихологические критерии прогноза посттравматической эпилепсии» mavzu bo’yicha va Dustova Gulzoda Komiljanovna «Alimentar semizlik fonida rivojlangan metabolik sindrom modelida ingichka ichak morfologiyasi va uning korreksiyasi» bo]yicha ilmiy ish olib borilayabdilar.
So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 500 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 6 ta darslik, 20 ta o'quv qo'llanma, 6 ta monografiya, 9 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 400 dan ortiq maqolalar.
Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan o'quv qo'llanmalar
| № | Mualliflar | Chop etilgan qollanmaning nomi |
| 1 | Sh.A.Mamasoliyeva, Z.F. Mavlyanova, G.N. Gapparova, X.R. Kurbonov | Ijtimoiy sug'urta. Tibbiy mehnat expertizasi tushunchasi va uning mohiyati. Mehnatga yaroqsizlikni vrachlik ekspertizasi vazifalari. Nogironlik. Reabilitatsiya |
| 2 | Ж.А. Ризаев, Б.Э. Тухтаров, К.Ч. Нурмаматова | Основы медицинской статистики |
| 3 | Rizayev J.A., Gafforov U.B., Ibragimov D.D. | Yuz jag' soxasida odontogen va noodontogen yallig'lanish kasalliklari |
| 4 | Rizayev J.A.,Ibragimov D.D., Gafforov U.B., O'lmasov F.G. | Yuz jag' soxasi xavfsiz o'smalari va o'smasimon hosilalari |
| 5 | Rizayev J.A., Shayqulov H.Sh., Yusupov M.I., Odilova G.M., Mamarasulova I.M. | Mikrobiologiyadan laboratoriya mashg'ulotlariga doir o'quv qo'llanma |
| 6 | Rizayev J.A., Kubayev A.S. | Kariyes kasalligi |
| 7 | Rizayev J.A., Xasanova L.E. | Parodont kasalliklari |
| 8 | Rizayev J.A., Amxadova M.A., Xazratov A.I., Norbutayev | Stomatolog qabulida shoshilinch holatlarda tez tibbiy yordam ko'rsatish |
| 9 | Narzikulov R.A., Abdullayev X.D., Kamalova M.I., Islamov N.X. | DERMATOVENEROLOGY |
| 10 | Klebleeva G.D., Axmedova M.M., Baratova M.R., Kamalova M.I. | DERMATOVENEROLOGY |
| 11 | Israilova S.B., Xakimova X.X., Kurbanov A.A., Dustova G.K. | Valeologiya |
| 12 | Xakimova X.X., Dustova G.K. Irgashev A.R., Ganiyeva N.S. | Jamoada hamshiralik ishi |
| 13 | A.K.Jamolov., Sh.R.Mexmonkulova, Yu.Sh.Ruzimurotova | Gerantologiyada hamshiralik ishi |
| 14 | Ruzimurotova Yu.Sh, Sirojiddinova N | Xalq tabobati |
| 15 | Ruzimurotova Yu.Sh, Mexmonkulova Sh.R | Jamiyat sog'liqni saqlash va tibbiy statistika |
| 16 | D.N. Alimdjanova, M.A. Atoyeva, X.B. Fayziyev, M.N. Qayimo | Valeologiya |

