×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi internatsionalistik vazifalari kafedra rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, halqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yunaltirgan. Universutet va kafedra miqyosida chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishda kafedraning o’z o’rni bor.

  Har yili kafedrada hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTUga tashrif buyuradigan chet eldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.

  Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:

  Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi joriy o’quv yilida Rossiya Federatsiyasining, R E.Kalinin nomidagi Ryazan Davlat tibbiyot universiteti hamda Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vazirligining Boshqird davlat tibbiyot universiteti hamda Rossiyaning Privoljskiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot universitetlari oʼrtasida tuzilgan hamkorlik kelishuvida belgilangan akademik mobillik dasturi doirasida Universitetning Tibbiy biologiya va genetika kafedrasida talabalar va professor o’qituvchilar ishtirokida R.E.Kalinin nomidagi Ryazan Davlat tibbiyot universiteti biologiya kafedrasi bo’lim mudiri,  professor Bakoveskaya Olga Viktorovna va Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vazirligining Boshqird davlat tibbiyot universiteti tibbiy biologiya kafedrasi mudiri,  professor T.V Viktorova va kafedra dosenti I.S Mixaylova hamda Privoljskiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot universitetlari  Biologiya kafedrasi mudiri dotsent I.Kalashnikovlar tomonidan ma’ruza, amaliy mashgʼulotlar, mahorat darslari tashkil qilindi. Hamkorlik aloqalari onlayn va oflayn tarzda olib borildi.