Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Xitoylik yetakchi mutaxassislar ishtirokida seminar tashkil etildi

  Joriy yilning 10-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Xitoyning "Ordos Aoqi Dental",  "Global Dental", "Changchun Nuoya Stomatological Hospital" hamda "Xi'an Yuantian Lin Dental" kabi o'ndan ortiq yetakchi tibbiyot muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

  Tashrif doirasida universitet rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Stomatologiya xizmatida Xitoy tajribasini joriy etish, ikki tomonlama akademik almashinuv va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashildi.

  Mehmonlar universitetning ko‘p tarmoqli klinikasi faoliyati, jumladan, jarrohlik bo‘limida amalga oshirilayotgan yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholab, kelgusida universitet va uning klinikalari bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirdilar.

  Shuningdek, tashrif doirasida “Zamonaviy ortodontiyaning dolzarb muammolari va ilmiy yutuqlari” mavzusida seminar tashkil etilib, sohaga doir qator ilmiy ma’ruzalar qilindi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.



SamDTU Matbuot xizmati