Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularda sportga bo‘lgan qizishni yanada oshirish maqsadida doimiy tarzda ommaviy sport tadbirlari hamda musobaqalar tashkil etib kelinadi.
Jumladan, butun Respublikamiz bo‘ylab start olgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” ham talaba-yoshlarning jismoniy va intellektual salohiyatlarini namoyon etishlari uchun maydon bo‘libgina qolmay, ularning sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘ayishlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” bahslariga start berildi.
Universitetning yangi qurib bitkazilgan sport maydonchasida o‘tkazilgan ochilish marosimida so‘zga chiqqan SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar sportiga qaratilayotgan ulkan e’tibor va bu sohada davlat siyosati darajasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.
Ochilish marosimidan so‘ng maydoncha atrofida barpo etilgan “Sportchilar bog‘i”ga ko‘chatlar o‘tqazildi.
Tantanali marosimdan so‘ng yigitlar va qizlar o‘rtasida basketbol bo‘yicha bellashuvlarga start berildi.
Eslatib o‘tamiz, “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”doirasida basketbol, voleybol, gandbol hamda futbol sport turlari bo‘yicha bellashuvlar yuqori saviyada tashkil etilmoqda.








SamDTU Matbuot xizmati