Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
2026-yil 9-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining yetakchi mutaxassislari tomonidan Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi bilan birgalikda Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida keng qamrovli tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Tadbir davomida ta’lim muassasasida tahsil olayotgan 207 nafar o‘quvchi-yoshlar hamda 39 nafar pedagog-xodimlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Malakali shifokorlar tomonidan ularning sog‘lig‘i har tomonlama tahlil qilinib, zarur tavsiyalar berildi hamda aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tegishli davolash choralarini ko‘rish yuzasidan yo‘naltirishlar berildi.
Mazkur tashabbus aholining, ayniqsa, imkoniyati cheklangan shaxslarning salomatligini muhofaza qilish, ularning hayot sifatini yaxshilash va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.









SamDTU Matbuot xizmati