2026-yil 3–4-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Perm shahrida Perm davlat tibbiyot universitetining 110 yilligiga bag'ishlangan katta xalqaro forum bo'lib o'tdi. Forumda O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Malayziya va boshqa davlatlardan 1000 nafardan ortiq yetakchi mutaxassislar hamda yosh olimlar ishtirok etdi.
Shuningdek, forum doirasidastomatologiya sohasidagi yirik ilmiy-amaliy tadbir — “Millat salomatligi uchun konservativ-profilaktik stomatologiya platformasi” mavzusidagi xalqaro kongress hamda “Stomatologiyada onko-ogohlik: fanlararo muloqot” VI xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjumanda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev hamda universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, t.f.d Aziz Kubayev ham ishtirok etdi.
Kongress doirasida og‘iz bo‘shlig‘i a’zolarining onkologik kasalliklarini erta bosqichda aniqlash (skrining), tashxislashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, kam invaziv davolash usullarini amaliyotga joriy etish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, VI xalqaro “Stomatologiyada onko-ogohlik” konferensiyasi Butunjahon og‘iz bo‘shlig‘i saratoniga qarshi kurash oyligi doirasida tashkil etilib, soha mutaxassislarining onkologik hushyorligini oshirishga xizmat qildi.





SamDTU Matbuot xizmati