Joriy yilning 2-mart kuni Boltiq xalqaro akademiyasi, Riga texnika universiteti hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik doirasida “Mintaqaviy iqtisodiyot va iqtisodiy siyosat” dasturi doktoranti, sanoat mutaxassisi, International Transport Development Association loyihalari rahbari hamda HR Line EU kadrlar agentligi rahbari Veronika Xlud tomonidan “Sun’iy intellekt, rezyume va HR mutaxassislari nomzodlarni qanday tanlaydi. Ilmiy maqolalarni qanday yozish va jurnal/konferensiyalarni tanlash” mavzularida vebinar tashkil etildi.
Vebinar davomida Veronika Xlud Scopus va Web of Science (WOS) bazalariga kiritiladigan ilmiy maqolalarni tayyorlash jarayonida sun’iy intellektdan to‘g‘ri va samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
Seminarda doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrantlar, klinik ordinatorlar va talabalar faol ishtirok etdilar. Seminar davomida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.






SamDTU Matbuot xizmati