×
Menu
Close Menu

​Urgut tumanida aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

 Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda chekka hududlardagi aholi qatlamini sog‘lomlashtirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi uzoq bo‘lgan hududlarda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

  Joriy yilning 7-fevral kuni Urgut tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli “Yangi ariq” oilaviy shifokor punktida Samarqand davlat tibbiyot universitetining malakali tibbiy xodimlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. 6600 dan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallagnan OSHPda SamDTUning radiolog, oftalmolog, akusher-ginekolog, urolog, kardiolog pediatr kabi 10 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislari tomonidan 200 dan ortiq aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli tavsiya va yo‘llanmalar taqdim etildi. Shuningdek, aholi xonadonlariga ham tashrif buyurilib, bemorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ularga kerakli tavsiyalar berildi.

  Mazkur tibbiy ko‘riklardan ko‘zlangan maqsad imkoniyati cheklangan aholi qatlamiga qulay tibbiy xizmatni taqdim qilish, aholining tibbiy madaniyatini shakllantirish orqali hayot darajasini yaxshilash iborat bo‘lib, Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi guruhi tomonidan viloyatning chekka hududlarida amalga oshirilayotgan ushbu keng ko‘lamli va tizimli vazifalar aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

SamDTU Matbuot xizmati