Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​“Raqamli stomatologiyani talqin qilish”

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakulteti talabalari uchun “Raqamli stomatologiyani talqin qilish” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

  Seminarda zamonaviy stomatologiyada raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyatini borasida fikr almashildi.

  Seminar davomida talabalarga real klinik holatlar misolida raqamli stomatologiya imkoniyatlari, tashxis va davolash jarayonlarida zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, amaliyotda keng qo‘llanilayotgan intraoral skanerlar bilan ishlash prinsiplari tushuntirildi.

  Mazkur seminar talabalarga nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, raqamli stomatologiya bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega bo‘lish, kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun muhim tajriba orttirish imkonini berdi.

SamDTU Matbuot xizmati