Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratish, universitetda ta’lim sifati va sharoitini yanada takomillashtirish hamda talabalar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida universitet rektori bilan doimiy ravishda uchrashuvlar tashkil etib kelinadi.
Jumladan, 2026-yil 5-fevral kuni universitet rektori, professor Jasur Rizayev tomonidan iqtidorli, bilimga chanqoq va tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot va ularni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbir davomida ochiq muloqot tashkil etilib, talabalarning fikr va mulohazalari, muammo va takliflari tinglandi. Universitetda o‘qishi davomida tengdoshlari orasida iqtidori, faolligi va izlanuvchanligi bilan ajralib turadigan hamda fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirgan talabalar “REKTOR STIPENDIYASI” bilan taqdirlandi. Shuningdek, bir qator Respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlar, fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni egallagan va nomdor davlat stipendiyalari sohiblari bo‘lgan talabalarga diplom va sertifikatlar topshirildi.
Uchrashuv davomida universitet rektori, professor Jasur Rizayev talabalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning ilmiy va kelgusidagi kasbiy faoliyatlariga omad tiladi.







