×
Menu
Close Menu

​Xitoyning yana bir nufuzli oliygohi bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

  Joriy yilning 2-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Shantou universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

  Tashrif davomida mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universitetining o‘quv jarayoni, ilmiy faoliyati, klinik bazalari hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

  Shuningdek, tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va akademik almashinuv sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, shuningdek, xalqaro ta’lim loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratdilar.

  Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va uni amaliy bosqichga olib chiqishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. 

  Ma’lumot uchun: Shantou universiteti Xitoy Xalq Respublikasining Guangdong viloyatida joylashgan bo‘lib, mamlakatdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet 1981-yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib,  tibbiyot, muhandislik, tabiiy va ijtimoiy fanlar yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Shantou universiteti xalqaro hamkorlikka katta e’tibor qaratib, dunyoning ko‘plab yetakchi universitetlari bilan qo‘shma dastur va ilmiy loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.


SamDTU Matbuot xizmati