Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​MA’RIFIY SEMINAR O‘TKAZILDI

  Kattaqo‘rg‘on Davlat Pedagogika institutida Samarqand davlat tibbiyot universiteti vakillari hamda mahalla raislari, yoshlar yetakchilari, nuroniylar, imom-xatiblar ishtirokida seminar o‘tkazildi. Tadbirni shahar hokimi Gavhar Alimova ochib berdi.

  Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda "O‘zbekiston -2030" strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

  Shuningdek, so‘zga chiqqanlar mahallalarda targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish,  muddatli harbiy xizmatda yoshlar uchun imkoniyatlar, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar haqida so‘z yuritdilar.

  Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

SamDTU Matbuot xizmati