Joriy yilning 22-yanvar kuni Pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Erta nikohning salbiy oqibatlari, psixologik ahamiyati” va “Narkotik va psixotrop moddalar savdosi hamda istemoliga qarshi kurashish” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
Tashkil etilgan davra suhbatida Samarqand shahar 2-son FXDYO bo‘limi inspektori D.Kuchkarova, universitet psixologi D.Djurayeva va fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi tomonidan talabalarga “Erta nikohning salbiy oqibatlari” haqida batafsil tushuntirish va tavsiyalar berishdi.
Uchrashuv davomida universitet profilaktika inspektori O.Eshmurodov tomonidan Narkotik va psixotrop moddalar savdosi hamda iste’moliga qarshi kurashish borasida ma’lumot va tavsiyalar berib o‘tildi.






SamDTU Matbuot xizmati