×
Menu
Close Menu

​Oliy attestatsiya komissiyasi raisi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

  Bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) raisi Yusupov Axmadbek Tadjievich ishtirokida ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv tashkil etildi.

  Mazkur uchrashuvda doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilar, yosh olimlar, turli ixtisosliklar bo‘yicha Ilmiy kengashlar hamda Ilmiy seminarlar raislari va kotiblari, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.

  Uchrashuv davomida OAK raisi Axmadbek Yusupov so‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy kengashlar faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatining samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

  Muloqot jarayonida tadqiqotchilarni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar, mavjud muammo va takliflar tinglanib, ularning aksariyatiga joyida aniq va amaliy yechimlar taqdim etildi.

  Ta’kidlash joizki, bunday ochiq muloqotlar ilmiy izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish hamda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

SamDTU Matbuyot xizmati