×
Menu
Close Menu

​“Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi

  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda "Talaba-yoshlarni sog‘lom hayotga targ‘ib qilish, ularning doimiy sport bilan shug‘ullanishi uchun “Talaba — yugur”  ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasi o‘tkazilib kelinmoqda.

  Mazkur musobaqalar talabalarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, jismoniy faollikni oshirish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.  Boqiy shaharda o‘tkazilgan “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasida talabalar va xodimlar faol ishtirok etib, yuksak sportsevarlik ruhini hamda jamoaviy birdamlikni namoyon qildilar.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetidan ishtirok etgan hamda sovrindor bo‘lgan  talabalar ko‘rsatgan natijalariga ko‘ra maxsus stipendiya vaucherlari bilan taqdirlandilar.


SamDTU Matbuot xizmati