Joriy yilning 15-16-dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev xizmat safari doirasida rasmiy tashrif bilan X.M.Berbekov nomidagi Kabardino-Balkariya davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Kabardino-Bolgariya davlat universiteti rektori Yuriy Altudov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda oʻzaro hamkorlik, ilmiy ishlar boʻyicha va akademik harakatchanlik boʻyicha birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish hamda keyingi strategik rejalar boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi.
15-dekabr kuni SamDTU rektori Kabardino-Balkariya davlat universiteti tomonidan tashkil etilgan "Strategik sessiya" yigʻilishida qatnashdi. Shuningdek, sessiyada Belarus davlat tibbiyot universiteti, M.F.Vladimirskiy nomidagi Moskva mintaqaviy ilmiy-tadqiqot instituti, Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojik davlat tibbiyot universiteti, B.Yelsin nomidagi Qirgʻiz-Rossiya slavyan universiteti va boshqa bir qator oliygohlar vakillari ishtirok etdi. "Strategik sessiya" davomida oʻzaro hamkorlik va kelgusidagi rejalarga asoslangan yo'nalishlar muhokama qilindi.
Strategik sessiya yakunida Kabardino-Balkariya davlat universiteti rektori Yuriy Altudov universitet ilmiy kengashi qarori asosida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayevga Kabardino-Balkariya davlat universiteti "Faxriy professori" unvonini topshirdi.








SamDTU Matbuot xizmati