×
Menu
Close Menu

Turkiya oliygohi bilan qo‘shma ta’lim dasturi ishga tushdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti bugunga qadar dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirib kelmoqda.

  Jumladan, Turkiyaning yetakchi oliygohlaridan biri bo‘lgan Sog‘liq bilimlari universiteti bilan ham hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning 23-sentyabr kuni mazkur qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha 1-bosqichga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

  Uchrashuvda Sog‘liq bilimlari universiteti prorektori Aynur Feyzioğlu xonim ham ishtirok etib, qo‘shma ta’lim dasturiga ilk qabul qilingan talabalarni tabrikladi. Shuningdek, uchrashuv davomida talabalar ta’lim dasturi va tizimi bilan  batafsil tanishtirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

  Ma'lumot uchun: imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar Davolash ishi yo‘nalishi bo‘yicha 5+1 shaklida xalqaro darajadagi tibbiy ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


SamDTU Matbuot xizmati