×
Menu
Close Menu

​Silk-road universitetlar tarmog‘i (SUN) bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

  Joriy yilning 6-sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Janubiy Koreyada joylashgan Silk-road universitetlar tarmog‘i (SUN) bosh kotibi, professor Sungdon Hwang tashrif buyurdi.

  Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

  Ma’lumot o‘rnida: SUN (Silk-Road Universities Network) — bu Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan mamlakatlarning universitetlarini birlashtiruvchi, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar, madaniy va akademik integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan xalqaro ta’lim va ilmiy hamkorlik tarmog‘i. 2015-yildan boshlab faoliyat yuritayotgan tarmoq bugungi kunda dunyoning 28 mamlakati bo‘ylab 90 ga yaqin universitetlarni o‘zida birlashtirgan.


SamDTU Matbuot xizmati