Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU va “Mediofarm” klinikalar tarmog‘i o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  Joriy yilning 28-sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga “Mediofarm” klinikalar tarmog‘i asoschisi, Nozima Xodjayeva tashrif buyurdi. Tashrif doirasida SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik masalalariga qaratilgan memorandum imzolandi.

  Memorandumga ko‘ra kelgusida yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YRT) va ekstarkorporal urug‘lantirish (EKU) sohasida ilmiy va amaliy hamkorlikni olib borishga kelishildi.

  Shuningdek, endilikda SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi xirurgiya markazida “Mediofarm” bilan hamkorlikda ekstarkorporal urug‘lantirish (EKU) amaliyoti joriy etiladi.

  Ushbu strategik hamkorlik shifokorlar va bemorlar uchun yangi ufqlarni ochib, bepushtlikni tashxislash va davolashning zamonaviy usullaridan foydalanish imkonini beradi.

  Ma’lumot uchun: MEDIOFARM klinikasi IVF ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘lib, ayollar va erkaklarning reproduktiv salomatligini tiklash va erkaklar va ayollardagi bepushtlikni davolashga ixtisoslashtirilgan. Klinika zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan operatsiya va laboratoriya xonalariga ega. "MEDIOFARM IVF" klinikasida qo’llaniladigan barcha tadqiqot va davolash usullari samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan.


SamDTU Matbuot xizmati