×
Menu
Close Menu

​Tibbiyot texnikumi bitiruvchilari uchun Samarqand davlat tibbiyot universitetiga kirish imtihonlari o‘tkazildi

  Ma’lumki tibbiyot texnikumlarini tamomlagan abituriyentlar uchun tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlarini og‘zaki savol-javob tarzida o‘tkazish belgilangan bo‘lib, ular oliy ta’lim muassasasining 2-bosqichidan tahsilni davom ettiradilar. Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universitetiga ham ko‘plab tibbiyot texnikumlari bitiruvchilari hujjat topshirgan bo‘lib, joriy yilning 20-avgust kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga kirish uchun imtihonlar o‘tkazildi.

  120 nafardan ortiq abituriyentlar Davolash ishi, Pediatriya, Stomatologiya, Tibbiy pedagogika, Tibbiy biologiya, Xalq tabobati hamda Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishlari bo‘yicha imtihon topshirdilar.

  Imtihonlar og‘zaki savol-javob tarzida, oshkoralik va shaffoflik ta’minlangan holda tashkil etildi. Shuningdek, har bir xonada maxsus kuzatuv kameralari o‘rnatilib, ular orqali abituriyentlarning ota-onalariga o‘zlari uchun ajratilgan joyda imtihon jarayonlarini bevosita ekran orqali kuzatish imkoniyati yaratildi.


SamDTU matbuot xizmati