Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Universitet ustoz-murabbiylari doimo hurmat va e’tiborda!

  Ustozlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish har birimizning burchimizdir. Bu yaxshi an’ana Samarqand davlat tibbiyot universitetida alohida qadriyat sifatida doimiy diqqat-e’tiborda.

  Tibbiyot xodimlari kuni bayrami munosabati SamDTU xotin-qizlar kengashi faollari va Samarkand shahar “Nuroniylar” jamg‘armasi raisasi Universitetda uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan, o‘z bilim va kuch-g‘ayratini bulajak shifokorlarga ta’lim-tarbiya berishga, xalqimiz salomatligini mustaxkamlashga baxshida qilib bugun keksalik gashtini surayotgan ustozlarimiz - farmakologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Xosiyat Azimova va 1-son klinika nevropatologi Irkina Tavakkalova xonadonlarida bo‘ldilar.

  Mehmonlar Universitet rahbariyati tabrigini yetkazib oliygohda oxirgi vaqtda amalga oshirilayotgan islohotlarni batafsil gapirib berdilar. Ustozlar duoga qo‘llarini ochib jonajon oliygohlariga yuksalish va jahon ta’lim maydonida yanada yuksak nufuz, davlatimiz va halqimizga farovonlik va tinchlik-omonlik tiladilar.


SamDTU matbuot xizmati