Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Qizlar tarbiyasi doimiy eʼtiborda

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi faollari tomonidan 1 va 3 talabalar turar joylarida yashayotgan talaba-qizlar bilan suhbatlar tashkil qilindi.

  Uchrashuvlarda universitet va talabalar turar joylari tartib qoidalari, talablari tushuntirildi, bugungi kunda respublikamizda xotin-kizlarga berilayotgan imtiyoz, imkoniyatlar, qonun va qonunosti hujjatlar toʻgʻrisida fikrlar bildirildi.

  Talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlardan oqilona, toʻgʻri va unumli foydalanishlari, oʻz uylaridek munosabatda boʻlib, asrab avaylashliklari, tozalikka rioya qilishlari, intizom toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi.



SamDTU matbuot xizmati