Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​Kattaqoʻrgʻonda “Uch avlod uchrashuvi” doirasida joylarda tibbiy koʻrik oʻtkazildi

  2022-yil 12-mart kuni Kattaqoʻrgʻon shahri “Ingichka” qishlogʻida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Uchrashuvida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Tursinxon Xudoybergenovlar ishtirok etdi. Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot institutining davolash ishlari boʻyicha prorektori, 1-klinika bosh shifokori prof. N.N.Abdullaeva boshchiligidagi ishchi guruh ham professor-oʻqituvchilar bilan birgalikda aholini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish maqsadida Kattaqoʻrgʻon shahriga tashrif buyurdilar.

  Bayram tadbiri va tibbiy koʻrik 12-umumtaʼlim maktab, shuningdek, nogironlar va keksalar uyida oʻtkazildi. Qishloqda yashovchi fuqarolar nevropatolog, jarroh, pediatr, akusher-ginekolog, otorinolaringolog, oftalmolog, terapevt, onkolog va endokrinologlardan malakali maslahatlar olishga muvaffaq boʻldilar.

  Aholini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish bilan bir vaqtda yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olish, sogʻlom turmush tarzi va toʻgʻri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish, jismoniy faollikni oshirishga bagʻishlangan chora-tadbirlar yuzasidan suhbat oʻtkazildi. Institut ishchi guruhi mutaxassislari tomonidan yigʻilish ishtirokchilariga sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi bukletlar va varaqalar koʻrinishidagi tarqatma materiallar berildi.

SamDTI Matbuot xizmati