Abduraxmonov Farxod Raxmonovich
T.f.n., dotsentDKTF Urologiya kursi dotsenti
| Qabul vaqti: | Dushanba-Shanba: 08:30-17:00 |
| Tel: |
+998 (97) 288 37 75 |
| E-mail: | farhodhai1975@gmail.com |
| Manzil: |
Samarqand viloyati,Pastdargom tumani, Kamolot mahallasi, Sabzazor-2 kuchasi 67.
|
KURS TARIXI
Samarqand Davlat tibbiyot instituti DKTF Urologiya kursi 14.11. 2022 kuni institutning 616 AF bo’rugi bilan ushbu fakultetning xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi tarkibida tashkil topgan. Kursga mas’ul qilib t.f.n Farxod Raxmonovich Abduraxmonov tayinlandi.
KAFEDRA MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI
Shifokorlar jamiyatda tulaqonli barkamol etuk shaxs sifatida e’tirof etiladi. Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar DKTF Urologiya kursining faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishlarnikurs mudiri,dotsent Abduraxmonov Farxod Raxmonovich muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.
Kurs dotsenti tinglovchilar bilan quyidagi ishlarni boradi:
- Haftaning har payshanba kunlari rejaga muvofiq ma’naviyat soatlari muntazam o`tkaziladi. Bundan tashqari har kuni ertalab tinglovchilar, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar bilan 5 daqiqa davomida oxirgi yangiliklar, ma'naviy-ma'rifiy sohada suhbat o’tkaziladi.
- Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boriladi, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida quyidagi yunalishda ma'naviy va ma'rifiy ishlar olib borladi:
- respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
- tinglovchilar va klinik ordinator, magistratura rezidentlari o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
- tinglovchilar va klinik ordinator, magistratura rezidentlari o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
- dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida tinglovchilarga va klinik ordinator, magistratura rezidentlariga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish;
- tinglovchilar va klinik ordinator, magistratura rezidentlari o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish;
- o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda tinglovchilarning va klinik ordinator, magistratura rezidentlarining bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil tadbirlarda ishtirokini tashkil etish;
O’QUV-USLUBIY ISHLARI
Urologiya kursining asosiy vazifalaridan biri o‘quv ishlari hisoblanadi. Universitetni bitirgan har bir vrach birinchi uch yil ichida diplom orti malaka oshirishi lozim. Bu xozirgi kun talabi hisoblanadi. Kafedrada o‘quv ishlari Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasiga asosan olib boriladi. Buning uchun har yili xirurgiyaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan mavzular asosida o‘quv rejasi tuzilib, o‘quv jarayoni ushbu rejaga asosan olib boriladi.
DKTF Urolgiya kursi Urologiya va Endourologiya ixtisosligi bo’yicha 864 va 432 soatlik, Urologik kasalliklarda shoshilinch yordam, Siydik yo‘li infeksiyasi diagnostikasi va davolashdagi yangi texnologiyalar, Urologik kasalliklarni davolashda kaminvaziv texnologiyalar, Siydik yo‘li kasalliklarini poliklinika va ambulatoriya sharoitida diagnostikasi va davolash usullari mavzusidagi 144 va 72 soatlik umumiy malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Kurs DKTF xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi xodimlarining tarkibi: kafedra mudiri, t.f.n., 2 dotsent, t.f.n., 4 assistent, t.f.n., va 2 assistentlardan iborat. Dars jarayonini hozirgi kun talabi asosida olib borish uchun kafedra va kafedra joylashgan bazada barcha sharoitlar yetarli darajada. O‘quv xonalari hozirgi zamon o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan. Kafedra xodimlarining asosiy vazifalaridan biri – o‘quv jarayonida hozirgi zamon o‘quv texnologiyalarini qo‘llashdir. Asosiy maqsad esa – har bir tinglovchining har bir mavzu bo‘yicha bilim darajasini oshirish, hozirgi kun davolash-diagnostik texnologiyalarga chuqur amaliy yondashuvni o‘rgatishdan iborat.
Hozirgi kunda har yili kafedra xodimlari tomonidan qo‘shni viloyatlarda Sayyor davrlar tashkil etilib, tibbiyotning oxirgi erishgan yutuqlari amaliyotga tadbiq etish borasida mahalliy halqga amaliy yordam berishmoqda (Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy, Xorazm va Jizzax). Ushbu davrlarni o‘tkazish davomida boshqa mutaxassislar bilan birgalikda tibbiyotning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan amaliy seminarlar ham o‘tkazilmoqda.
Urologiya kursiga Istambul Tibbiyot Universiteti professori xorijiy professor sifatida soatbaylik asosida ishga qabula qilingan. 2024-yil 7 noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Yevropa urolog va androloglar uyushmasi a’zosi, Istanbul universiteti professori Atesh Kadiog‘lu tomonidan FPDO urologiya va jarrohlik, endoskopiya va anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi xodimlari uchun mahorat darsi tashkil etildi.
Urologiya bo‘limlari xodimlari hamda kafedra xodimlari, yosh urologlar ishtirok etgan Atesh Kadiog‘lu darsida mehmon berilgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardi. Universitet jarrohlik binosi urologiya kabinetida professor Atesh Kadiog‘lu ishtirokida uro-andrologik mahorat darsi ham bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha plastik jarrohlik va uro-andrologiya yo‘nalishida qator loyihalarni amalga oshirish, Istanbul universitetida Samarqand davlat tibbiyot universitetining urologiya bo‘limlari xodimlari uchun akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

ILMIY TADQIQOT ISHLARI
2022 yildan buyon urologiya kursida 100 ga yaqil ilmiy maqola,bittafdan monografiya, o’quv qullanma, 5 ta o’quv uslubiy tavsiyanoma, 4 ta EHM dasturlari va 7 ta o’quv dasturlari tayorlandi.Kafedra assistenti F.Abduraxmonovga 2025-yili urologiya ixtissosligi bo’yicha dotsent ilmiy unvoni berildi.
Urologiya kursining ilmiy yo‘nalishi – qo’shma jarohatlar va ularning asoratlarini reabilitatsiya qilish, errektil disfunksiya, siydik tosh kasalliklari diagnostikasi va davolashga bag‘ishlangan.
Chop etilgan ishlardan Scopus va Web of Science – 2 ta makola, va 7 tezislar xorij va MDX nashrlarida, 4 maqola va 12 ta tezislar respublika nashrlarda chop etilgan.
Kurs hodimlari yil davomida 3 ta xalkaro ilmiy anjumanlarga katnashib sertifikatlar bilan takdirlanganlar.
Shuningdek, chop etilgan materiallarning iqtiboslik darajasi va Xersh indeksi kafedra barcha xodimlarida aniklandi.
ILMIY TUGARAK
"Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh ma'naviyatchilar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.
Tibbiy bilimlar va faoliyatning ijtimoiy-gumanitar muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.
To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Suyunova Kamilla Bahramovna, bugungi kunda u asosiy doktorant, shuningdek 100 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.
Kichik kurs sardori: F. Olimjonova, tibbiy-pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi, 30 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, "Biz korruptsiyaga qarshimiz" tanlovining 1-darajali diplom sohibi, rektor stipendiyasi sohibi.
Katta kurs sardori: Valieva S., Pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi, 42 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, 15 ta diplom, 20 ta sertifikat, 4 ta faxriy yorliq, 2 ta minnatdorchilik xati egasi, "rektorlik stipendiyasi" va "Islom Karimov" stipendiyalari laureati.
XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI
Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari universitet rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, xalqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yunaltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.
60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlari, chet eldagi universitetlari va ilmiy – tadqiqot markazlari taʼlim va fan yunalishda xalqaro hamkorlikning qatnashchilarini bilan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tenglik mohiyatidan kelib chiqqan holda aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Аmerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarning rivojlanishi qoʼshma dastur va taʼlim mobilligiga asoslangan.
Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU-ga tashrif buyuradigan cheteldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.
SamDTU butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va universitet eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.
Hamkorlik jugrofiyasi: Urologiya kursi dotsenti F.Abduraxmonov Istambul Tibbiyot Universiteti, Qozon davlat Tibbiyot Universitetiprofessor o’qituvchilar bilan birgalikda ilmiy amaliy hamkorlik doirasida uzoq va qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida qtnashib kelmoqda. Shuningdek, ilmiy ishlari natijalarini nufuzli xalqaro nashrlarda chop etib kelinmoqda va yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:
Ulashish