Журнал кардиореспираторных исследований 2025. №2/1


Maqola mavzusi

β2-ADRENORESEPTOR GENI POLIMORFIZMINING BRONXIAL ASTMA SHAKLLARI HAMDA TASHQI NAFAS FAOLIYATI KO’RSATKICHLARI BILAN BOG'LIQLIGI TAHLILI (32-39)

Mualliflar

Turdibekov Xusan Ibragimovich, Kuliyeva Guljaxon Baxranovna, Suyunova Gulshan Urakovna, Allamurodov Jahongir O’rolovich, Xolmamedova Sojida Shodiyevna

Muassasa

Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Annotatsiya

Garchi bronxial astma (BA) diagnostikasi va davolashida sezilarli yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, kasallikning turli shakllari, og‘ir kechish variantlari va individual davolashga javoblarning turfa xilligi uni sog‘liqni saqlash tizimida dolzarb muammolardan biri sifatida qoldirmoqda.Tadqiqot maqsadi. ADRB2 genining Gln27Glu polimorf lokusining BAning turli fenotiplarida qanday taqsimlanishini baholash va tashqi nafas olish funksiyasining eng asosiy parametrlari qay darajada ushbu polimorfizm bilan aloqadorligini aniqlash. Tadqiqot material va usullari: ADRB2 genining Gln27Glu polimorfizmi BAning turli patogenetik variantlari, ularning tashqi nafas olish faoliyati asosiy ko’rsatkichlari bilan bog’liqligini o’ganish maqsadida 120 nafar o’zbek millatiga mansub kishilar tekshirildi, ularning 80 nafari BA bilan kasal bemorlar. Tadqiqot natijalari: ADRB2 geni Gln27Gln genotipini allergik BA (ABA) bemorlarida o’rganish natijalari shuni aniqladiki, bemorlarning mazkur guruhida tekshirilayotgan genning gomozigot varianti chastotasi nazorat guruhidagidan ishonchli darajada yuqori (73% hamda 44,6%, tegishlicha, χ2=4,7; p0,05; OR=2,67). ABA bilan og’rigan bemorlar orasida Glu27Glu gomozigot genotipining variantlari kuzatilmadi. Gln27Gln genotipiga ega bo’lgan BA bilan kasallangan bemorlarda Gln27Glu va Glu27Glu genotipiga ega bo’lganlarga nisbatan salbutamol ta’siridagi bronxodilatasiyaga FEV1 sezilarli darajada ortgan holda javob berishlari aniqlandi. Xulosa: ABAda ADRB2 geni Gln27Gln genotipi, Gln27 alleli BA rivojlanishida muhim omil bo‘lishi mumkinligini tasdiqlaydi. Bronxodilatasion sinamada (salbutamol) FEV₁ eng katta o‘sishi Gln27Gln genotipida qayd etilib, β₂-agonistlardan maksimal foyda olish imkoniyati ushbu genotipda yuqoriligi aniqlandi.

Kalit so'zlar

Bronxial astma, β2-adrenoreseptor genining Gln27Glu polimorfizmi, tashqi nafas olish funksiyasi, salbutamol. Bronxial astma (BA) diagnostikasi va davolashida sezilarli yutuqlarga qaramay, kasallikning rivojlanishi, kasallikning og’ir variantlarining tarqalishi, radikal davolash usullarining yetishmasligi va birlamchi profilaktikaning yetarli darajada rivojlanmaganligi sog’liqni saqlashning dolzarb muammosiga aylanmoqda [4]. Zamonaviy tushunchalarga ko’ra, BA atrof- muhit omillarining ta’siri natijasida genetik moyil shaxslarda kelib chiqadigan, turli xil klinik fenotiplar bilan tavsiflanadigan multifaktorial kasallikdir. Inson genomi bo‘yicha tadqiqotlar BA shakllanishiga hissa qo‘shadigan nomzod genlar ro‘yxatini keskin kengaytirdi. Ushbu nomzod genlar sirasiga TNF-β, IL-4, IFN-γ, β2-adrenoreseptor geni (ADRB2), T-xujayra reseptorlari va boshqa genlarni kiritish mumkin [1,2,7,9]. Aynan β₂-adrenoreseptorlar silliq mushak hujayralarining bo‘shashishi, yallig‘lanish mediatorlari ajralishini boshqarish va immun javob shakllanishiga ta’sir o‘tkazishi tufayli ilmiy izlanishlarda ko‘p e’tibor jalb qilmoqda. Th-xujayralar tomonidan sitokinlar ishlab chiqarilishiga immunoregulyator mediatorlarning ta’siri o’rganilganda, β2-agonistlar IFN-γ, IL-2 ishlab chiqarilishiga stimullovchi ta’sir ko’rsatishi, shuningdek Th-xujayralar tomonidan IL-4, IL-13 ishlab chiqarilishini bloklashi aniqlangan [3,5,8,9]. Shu munosabat bilan ADRB2 genining BAga moyillik bilan bog’liqligini qidirish ko’pgina tadqiqotlarning vazifasi bo’lib kelgan [1-3,5,9,10]. ADRB2 genida bir nechta polimorfizm uchrashi mumkin bo‘lib, aynan Gln27Glu polimorfizmi BA rivojlanishi bilan bog‘liqligi va β2-agonistlar samaradorligini o‘zgartirishi haqidagi taxminlar mavjud [3,9,10]. O’rganilayotgan ADRB2 genining polimorf variantlari BA bilan og’rigan bemorlarda terapiya samaradorligini baholashda olingan β2- adrenomimetikka farmakologik javobning o’zgaruvchanligi va nafas olish funksiyasi ko’rsatkichlari bilan bog’liqligi bo’yicha adabiyotlarlardagi ziddiyatli ma’lumotlar keyingi tadqiqotlarning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot maqsadi. ADRB2 genining Gln27Glu polimorf lokusining BAning turli fenotiplarida qanday taqsimlanishini baholash va tashqi nafas olish funksiyasining eng asosiy

Adabiyotlar

1. Куренкеева А., Миррахимов М., Мырзаахматова А., Бакирова А., Шабыкеева С., Тарадина Н., Учкемпирова Б., Пак О., Сооронбаев Т., Алдашев А. Гиперреактивность бронхов и ее связь с полиморфизмом гена β2-адренорецепторов у больных бронхиальной астмой кыргызской национальности. Пульмонология. 2006;(1):76-80. https://doi.org/10.18093/0869- 0189-2006-1-76-80 2. Лившиц Л.А., Татарский П.Ф., Городная А.В., Маяковская А.В., Волинец Г.П., Чумаченко Н.Г., Уманец Т.Р., Лапшин В.Ф., Антипкин Ю.Г. Полиморфизм гена ADRB2 как фактор наследственной предрасположенности к развитию бронхиальной астмы и ответа на терапию сальбутамолом// Перинатологія і педіатрія. - 2019. - №2 (78) - С 38-45. DOI 10.15574/PP.2019.78.38 3. Федорова Ю.Ю., Карунас А.С., Мурзина Р.Р., Мухтарова Л.А., Рамазанова Н.Н., Гималова Г.Ф., Гатиятуллин Р.Ф., Загидуллин Ш.З., Эткина Э.И., Хуснутдинова Э.К. Исследование ассоциации полиморфных вариантов гена β2- адренергического рецептора с бронхиальной астмой у русских // Практическая медицина. – 2013. - №5 (74) - С. 116-120. 4. Global Initiative for Asthma. GINA 2023. URL: https://ginasthma.org. 5. de Paiva, A.C.Z., Marson, F.A.d.L., Ribeiro, J.D. et al. Asthma: Gln27Glu and Arg16Gly polymorphisms of the beta2- adrenergic receptor gene as risk factors. All Asth Clin Immun 10, 8 (2014). https://doi.org/10.1186/1710-1492-10-8. 6. Lambrecht B.N., Hammad H. The immunology of asthma // Nat. Immunol. 2015; 16: 45-56. DOI: 10.1038/ni.3049 7. Mirrahimova M.H. and Khalmatova B.T. "Prevalence and risk factors of bronchial asthma in children living in the industrial zones of Tashkent region" Central Asian Journal of Medicine: Vol. 2018 : Iss. 4 , Article 7. http://uzscite.uz/wp- content/uploads/2019/12/91-94.pdf 8. Mishra J. K., Rashid Parvez, Usha, Girish Singh. An immunological study of bronchial asthma with special reference to interleukin-4, interferon-γ and immunoglobulin E // The Journal of Community Health Management. 2015; 02(1), 47-50. https://oaji.net/articles/2015/1773-1432797534.pdf 9. Yu X, Wang LW, He Q, Khan K, Chen XY, Li J.Correlation study on β2-adrenergic receptor gene polymorphisms and asthma susceptibility: evidence based on 57 case-control studies// Eur Rev Med Pharmacol Sci. 2019 May; 23(9):3908-3925. DOI: 10.26355/eurrev_201905_17820 10. Zhao, S., Zhang, W. & Nie, X. Association of β2-adrenergic receptor gene polymorphisms (rs1042713, rs1042714, rs1042711) with asthma risk: a systematic review and updated meta-analysis. BMC Pulm Med 19, 202 (2019). https://doi.org/10.1186/s12890-019-0962-z.