UJCR; 2023, Vol. 3, Issue 3


Maqola mavzusi

Markaziy nerv sistemasining perinatal zararlanishi bilan tug’ilgan bolalardagi ko’ruv analizatorining o’ziga xos klinik ko’rinishi (60-62)

Mualliflar

Djurabekova AT, Niyozov ShT, Ergashev SS, Mamurova MM

Muassasa

Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti

Annotatsiya

Markaziy nerv sistemasining perinatal zararlanishi bilan tug’ilgan 50 ga yaqin chaqaloqlarning natijlari bayon etilib, ularning yosh ko’rsatkichlari 10 kundan to 8 yoshgacha bo’lgan davr oralig’ida bo’lgan. Ushbu chaqaloqlarni tekshirish maqsadida oftalmologik, klinik-labarator va instrumentaldiagnostik usullardan foydalanilgan. Bundan tashqari tor mutaxasisslar ko’rigi ham amalga oshirilgan. Markaziy nerv sistemasining perinatal zaralanishi bilan aziyat chekadigan bolalarning ko’ruv analizatorlaridagi klinik o’zgarishlarning tahlili quyidagi ko’rsatgichlarni bayon etdi: glaukoma 14 ta (35%), katarakta 12ta (32%), ko’ruv nervi diski atrofiyasi 5 ta ( 8%), birlamchi g’ilaylik 2 ta (1%), ko’ruv nervi diski gipoplaziyasi 5 ta (4%), chaqaloqlardagi bosh miyaning onkologik kasalliklari (1%), to’rparda angiopatiyasi 3 ta (2%) holatlari ko’rsatildi. Bulardan tashqari 9 ta (18%) nistagm va ikkilamchi g’ilaylik holatlari ham kuzatildi. Neyrosonografiya tahlillari asosida shu narsa ma’lum bo’ldiki, gipokso-ishemik ensefalopatiya va ventrikulo-dilyatatsiya holatlari glaukoma (10 ta 72%) va katarakta (3 ta 21%) bilan tug’ilgan bchaqaloqlarda qon tomirlar stenozi bilan namoyon bo’lgan. Elektroensefalografiya tekshirish usullari olib borilganda po’stloq osti tuzilmalarning epiaktivlik holatlari 6 ta (12%) chaqaloqlarda kuzatilgan bo’lib, ularning barchasida tug’ruq travmalari natijasida ko’z tubi jarohatlari va buning oqibatida g’ilayliklar kuzatilgani aniqlandi. Yuqorida bayon etilgan oftalmopatiya holatlariga olib keladigan perinatal xavf omillari quyidagilarni tashkil etadi: temir tanqisligi bilan bog’liq bo’lgan anemiya 23 ta (46%), homiladorlikdagi erta toksikoz holatlari 17 ta (34%) va o’tkir respirator infeksiyalar 13 ta (26%).

Kalit so'zlar

Markaziy nerv sistemasining perinatal zararlanishi, chaqaloqlardagi bosh miyaning onkologik kasalliklari, neyrosonografiya, elektroensefalografiya, oftalmopatiya, perinatal xavf omillar.

Adabiyotlar

1. Onegin EV. A course of lectures on private neurology: Educational and methodological recommendations for students of the pediatric faculty. Grodno: GrGMU, (2009); 109. (In Russ) 2. Dadaeva OB, Ivanova IV, et all Influence of perinatal lesions of the nervous system on the quality of life of a child in different periods of ontogenesis. Polyclinic, 2007; 1, 78-80. (In Russ) 3. Salkov VN. Clinical and neurophysiological features of the visual analyzer and morphological changes in its central section in children with consequences of perinatal lesions of the nervous system (Doctoral dissertation, Russian Medical Academy of Postgraduate Education of the Ministry of Health of the Russian Federation) 2013; (In Russ) 4. Salkov V. N. Neuro-ophthalmic disorders in children with consequences of perinatal lesions of the central nervous system. Children’s Hospital, 2011; (3), 19-22. (In Russ) 5. Baranshev YuI, & Ponomareva L P. Vision and hearing in newborns. M.: Triada-Kh. 2006; (In Russ) 6. Molchanova EV. Selective screening for the detection of ophthalmopathology in full-term newborns (Doctoral dissertation, Scientific Center for Children’s Health of the Russian Academy of Medical Sciences). 2008; (In Russ) 7. Takhirovna DA, Otabekovich SA, Axmatjonovich GA, & Mirxamzaevna MM. The Nature Of Cognitive Impairment In Patients With Astheno-Neurotic Syndrome. nveo-natural volatiles & essential oils journal| nveo, 2021; 5942-5948. 8. Toshtemirovich NS, Takhirovna D A, at al. Complex Forecast Of The Consequences Of Secondary Encephalitis In Children. The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research, 2020; 2(08), 37-42. 9. Davronov L O, Niyozov ShT, at al. Treatment of encephalomyelitis and myelitis in children with ozone therapy. Managing editor: Sukiasyan AA, KEN, St. prep, 2015; 190 . (In Russ) 10. Niyazov ShT, Jurabekova AT, at al. Comprehensive prognosis of the consequences of secondary encephalitis in children. Proceedings of the National Academy of Sciences of Belarus. Medical Sciences Series, 2021;18(1), 89-93. (In Russ) 11. Gaibiev AA., Jurabekova AT, at al. Differential diagnostic criteria for polyneuropathy. Trends and perspectives for the development of science and explain in the mind of globalization, 2017; 569. (in russ)