Журнал кардиореспираторных исследований 2026. №3


Maqola mavzusi

Surunkali koronar sindromda miokard revaskulyarizatsiyasi natijalarining klinik va gemodinamik prediktorlari (20-24)

Mualliflar

Mirzaev M.K., Tashkenbaeva E.N.

Muassasa

Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Annotatsiya

lib, klinik namoyon bo‘lish xususiyatlari, miokard ishemiyasining darajasi, chap qorinchaning strukturaviy va funksional holati hamda noxush yurak-qon tomir hodisalari rivojlanish xavfining sezilarli darajadagi variabelligi bilan tavsiflanadi. Miokardni revaskulyarizatsiya qilish — teri orqali koronar aralashuv (TKA) yoki aortokoronar shuntlash (AKSh) yordamida — SKS bilan kasallangan ayrim toifadagi bemorlarni davolashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Biroq revaskulyarizatsiyadan keyingi davolash samaradorligi va uzoq muddatli prognoz bemorning boshlang‘ich klinik profili, koronar zararlanishning anatomik murakkabligi, ishemiya darajasi hamda yurak-qon tomir tizimining funksional holatiga qarab sezilarli darajada farq qiladi. Mazkur sharhda SKSda miokard revaskulyarizatsiyasi natijalarining klinik va gemodinamik prediktorlari to‘g‘risidagi zamonaviy qarashlar ko‘rib chiqilgan. Bunda yosh, qandli diabet, surunkali buyrak kasalligi, arterial gipertenziya, stenokardiya og‘irligi, yurak yetishmovchiligining funksional sinfi, chap qorinchaning qisqarish fraksiyasi, koronar ichki gemodinamika parametrlari, qon oqimining fraksion zaxirasi (FFR), to‘lqinlardan xoli davrning oniy nisbati (iFR), koronar qon oqimi zaxirasi (CFR), mikrosirkulyator qarshilik indeksi hamda revaskulyarizatsiyaning to‘liqligiga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, SYNTAX Score va residual SYNTAX Score kabi anatomik ko‘rsatkichlarning prognostik ahamiyati muhokama qilingan. Zamonaviy ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, revaskulyarizаtsiyadan keyingi prognoz аlohida bir omil bilan emаs, bаlki klinik, аnatomik va gemodinаmik xususiyatlаrning mаjmuаviy tа’siri bilan belgilanadi. Eng noqulay prognoz chap qorinchaning og‘ir disfunksiyasi, surunkali buyrak kasalligi, koronar zararlanishning yuqori anatomik murakkabligi, og‘ir yurak yetishmovchiligi va to‘liq bo‘lmagan revaskulyarizatsiyaga ega bemorlarda kuzatiladi. Koronar stenozlarni funksional baholash va zamonaviy vizualizatsiya usullaridan foydalanish zararlanishlarning klinik ahamiyatini aniqroq aniqlash hamda davolash strategiyasini individuallashtirish imkonini beradi

Kalit so'zlar

surunkali koronar sindrom, miokard revaskulyarizatsiyasi, teri orqali koronar aralashuv, aortokoronar shuntlash, gemodinamik prediktorlar, qon oqimining fraksion zaxirasi, iFR, koronar qon oqimi zaxirasi, chap qorinchaning chiqarish fraksiyasi, SYNTAX Score, residual SYNTAX Score

Adabiyotlar

1. Vrints C, Andreotti F, Koskinas KC, et al. 2024 ESC Guidelines for the management of chronic coronary syndromes. European Heart Journal. 2024. 2. Virani SS, Newby LK, Arnold SV, et al. 2023 AHA/ACC/ACCP/ASPC/NLA/PCNA Guideline for the Management of Patients With Chronic Coronary Disease. Circulation. 2023;148:e9–e119. 3. Lawton JS, Tamis-Holland JE, Bangalore S, et al. 2021 ACC/AHA/SCAI Guideline for Coronary Artery Revascularization. Circulation. 2022;145:e18–e114. 4. Fractional flow reserve use in coronary artery revascularization: a systematic review and meta-analysis. iScience. 2023. 5. Kuno T, Weisz G, Généreux P, et al. Predictors of outcomes after PCI with incomplete revascularization: Impact of CTO and LAD vessel. Catheterization and Cardiovascular Interventions. 2024;104:483–491. 6. Chronic kidney disease's impact on revascularization and subsequent major adverse cardiovascular events in patients with chronic coronary syndrome. 2023. 7. Myocardial revascularization in patients with chronic kidney disease: a systematic review and meta-analysis of surgical versus percutaneous coronary revascularization. 2025. 8. Impact of left ventricular ejection fraction on 10-year mortality in the SYNTAX trial. 2023. 9. Association of Residual Ischemic Disease With Clinical Outcomes After Percutaneous Coronary Intervention. JACC. 10. Surgical and percutaneous revascularization outcomes based on SYNTAX I, II, and residual scores: a long-term follow-up study. 11. Long-term outcomes and predictors of mortality in patients with chronic ischemic left ventricular dysfunction undergoing PCI. 2025. 12. Impact of Anatomical and Viability-Guided Completeness of Revascularization on Clinical Outcomes in Ischemic Cardiomyopathy. 2024.