Doktor axborotnomasi 2026, №3 (124)
Maqola mavzusi
AYOLLARDA CHANOQ A’ZOLARI PROLAPSIDA JINSIY DISFUNKSIYA: FSFI INDEKSI YORDAMIDA KLINIK VA FUNKSIONAL TAHLIL (5-9)
Mualliflar
I. A. Jalolova, B. B. Negmadjanov
Muassasa
Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Samarqand, O‘zbekiston
Annotatsiya
Tadqiqot maqsadi. Chanoq a’zolari prolapsi bo‘lgan ayollarda jinsiy funksiyaning xususiyatlarini o‘rganish hamda prolaps darajasining jinsiy disfunksiya rivojlanishiga ta’sirini Ayollar jinsiy funksiyasi indeksi (Female Sexual Function Index FSFI) yordamida baholash. Materiallar va usullar. Prospektiv tadqiqot 2025–2026-yillarda Samarqand davlat tibbiyot universiteti Akusherlik va ginekologiya №2 kafedrasida o‘tkazildi. Tadqiqotga turli darajadagi tos a’zolari prolapsi tashxisi qo‘yilgan 200 nafar ayol hamda nazorat guruhini tashkil etgan, tos tubi disfunksiyasi belgilari kuzatilmagan 60 nafar ayol jalb qilindi. Jinsiy funksiyani baholash FSFI so‘rovnomasi yordamida amalga oshirildi. Tadqiqot davomida jinsiy istak, jinsiy qo‘zg‘alish, lubrikatsiya, orgazm, qoniqish va og‘riq ko‘rsatkichlari tahlil qilin di. Prolaps darajasi xalqaro POP-Q (Pelvic Organ Prolapse Quantification) tizimi asosida baholandi. Natijalar. Chanoq a’zolari prolapsi bo‘lgan ayollarning 69,0 foizida jinsiy disfunksiya aniqlandi. Asosiy guruhdagi bemorlarda FSFI umumiy ko‘rsatkichi nazorat guruhiga nisbatan ishonchli darajada past bo‘ldi (20,8±4,6 va 28,9±3,8 ball; p<0,001). Eng yaqqol buzilishlar jinsiy istak, jinsiy qo‘zg‘alish va jinsiy hayotdan qoniqish domenlarida qayd etildi. Prolaps darajasi ortishi bilan jinsiy funksiya ko‘rsatkichlarining izchil pasayishi kuzatildi. FSFI ning eng past ko‘rsatkichlari tos a’zolari prolapsining III–IV bosqichlariga ega bemorlarda aniqlandi. Xulosa. chanoq a’zolari prolapsi ayollarning jinsiy funksiyasiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda jinsiy disfunksiya rivojlanishining muhim xavf omili hisoblanadi. Kasallik og‘irlashgani sari jinsiy buzilishlar darajasi ham ortib boradi. FSFI so‘rovnomasidan foydalanish jinsiy salomatlikdagi buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash va tos tubi disfunksiyasi mavjud bemorlarni davolash hamda kuzatish taktikasini optimallashtirish imkonini beradi.
Kalit so'zlar
tos a’zolari prolapsi, tos tubi disfunksiyasi, jinsiy disfunksiya, ayollar jinsiy funksiyasi, ayollar jinsiy funksiyasi indeksi, FSFI, hayot sifati.
Adabiyotlar
1. Barber M.D., Maher C. Epidemiology and outcome assessment of pelvic organ prolapse. // International Uro gynecology Journal. – 2013. – Vol. 24(11). – P. 1783–1790. 2. Jelovsek J.E., Maher C., Barber M.D. Pelvic organ prolapse. // Lancet. – 2007. – Vol. 369(9566). – P. 1027–1038. 3. Rogers R.G., Kammerer-Doak D., Villarreal A. Sexual function in women with pelvic floor disorders. // Canadian Journal of Urology. – 2001. – Vol. 8(3). – P. 1224–1230. 4. Lowenstein L., Gamble T., Sanses T.V. Sexual function is related to body image perception in women with pelvic organ prolapse. // Journal of Sexual Medicine. – 2009. – Vol. 6(8). – P. 2286–2291. 5. Handa V.L., Harvey L., Cundiff G.W. Sexual function among women with urinary incontinence and pelvic organ prolapse. // American Journal of Obstetrics and Gynecology. – 2004. – Vol. 191(3). – P. 751–756. 6. Rogers R.G. Sexual function in women with pelvic floor disorders. // Obstetrics and Gynecology. – 2013. – Vol. 121(4). – P. 876–883. 7. Wiegel M., Meston C., Rosen R. The Female Sexual Function Index (FSFI): cross-validation and development of clinical cutoff scores. // Journal of Sex and Marital Therapy. – 2005. – Vol. 31(1). – P. 1–20. 8. Rosen R., Brown C., Heiman J. The Female Sexual Function Index (FSFI): a multidimensional self-report instru ment for the assessment of female sexual function. // Journal of Sex and Marital Therapy. – 2000. – Vol. 26(2). – P. 191–208. 9. Pauls R.N., Silva W.A., Rooney C.M. Sexual function after vaginal surgery for pelvic organ prolapse. // American Journal of Obstetrics and Gynecology. – 2007. – Vol. 197(6). – P. 622–627. 10. Weber A.M., Walters M.D., Schover L.R. Sexual function in women with uterovaginal prolapse and urinary in continence. // Obstetrics and Gynecology. – 1995. – Vol. 85(4). – P. 483–487. 11. Bump R.C., Mattiasson A., Bo K. The standardization of terminology of female pelvic organ prolapse and pelvic floor dysfunction. // American Journal of Obstetrics and Gynecology. – 1996. – Vol. 175(1). – P. 10–17. 12. Haylen B.T., De Ridder D., Freeman R.M. An International Urogynecological Association (IUGA) and Interna tional Continence Society (ICS) joint report on terminology for female pelvic floor dysfunction. // Neurourology and Urodynamics. – 2010. – Vol. 29(1). – P. 4–20. 13. Maher C., Feiner B., Baessler K., Schmid C. Surgical management of pelvic organ prolapse in women. // Cochrane Database of Systematic Reviews. – 2013. – Issue 4. – CD004014. 14. Dietz H.P. Pelvic organ prolapse – a review. // Australian Family Physician. – 2015. – Vol. 44(7). – P. 446–452. 15. Nygaard I., Barber M.D., Burgio K.L. Prevalence of symptomatic pelvic floor disorders in US women. // JAMA. – 2008. – Vol. 300(11). – P. 1311–1316.