Ushbu bo‘limda Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan tashkil etilgan va o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari to‘plamlarining elektron nashrlari joylashtirilgan.
To‘plamlar professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, doktorantlar, magistrantlar, klinik ordinatorlar hamda sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan ilmiy tadqiqotlar natijalari, ma’ruza tezislari, ilmiy maqolalar va boshqa materiallarni o‘z ichiga oladi. Nashr etilayotgan materiallar tibbiyot fani, tibbiy ta’lim va amaliy sog‘liqni saqlash sohasidagi zamonaviy yutuqlarni aks ettirib, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va ilg‘or tajribalar almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi.
Bo‘lim Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro, respublika va oliy ta’lim muassasalararo ilmiy-amaliy konferensiyalar yakunlari bo‘yicha yangi to‘plamlar bilan muntazam ravishda boyitib boriladi.
Barcha materiallar tanishish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatida foydalanish, shuningdek universitetning ilmiy salohiyati va yutuqlarini ommalashtirish maqsadida ochiq foydalanish uchun taqdim etilgan.