Журнал кардиореспираторных исследований 2025. №2
Maqola mavzusi
OʻPKA RAKI BILAN OGʻRIGAN BEMORLARDA XIMIYATERAPIYADAN KEYINGI DAVRDAGI REABILITATSIYA SAMARADORLIGINI BAHOLASH (90-93)
Mualliflar
Ismailov Jamshid Abduraimovich, Bayitov Omon Ikromovich
Muassasa
Samarqanda Davlat Tibbiyot Universiteti , Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali
Annotatsiya
Maqolada o‘pka raki bilan kasallangan bemorlarning ximiyaterapiya kursidan keyingi hayot sifatini yaxshilashda shaxsiylashtirilgan reabilitatsiya dasturlari samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotda 60 nafar bemorlar ikki guruhga ajratilib tahlil qilindi: 1-guruhga kompleks reabilitatsiya dasturi, 2-guruhiga standart davolash usullari tayinlandi. Bemorlarning klinik holati SF-36 va HADS shkalasi, shuningdek spirometriya natijalari asosida baholandi. Olib borilgan tadqiqot natijalariga asosan, 1-guruh bemorlarida hayot sifati va spirometrik ko‘rsatkichlarida sezilarli ijobiy natijalar qayd etildi (p<0,05–0,01), 2-guruhida esa o‘zgarishlar nisbatan kam edi. Olingan natijalar o‘pka raki bilan og‘rigan bemorlarga nisbatan biopsixososial yondashuv asosidagi kompleks reabilitatsiyaning yuqori samaradorligini ko‘rsatadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, sog‘liqni saqlash tizimida bemorlarni reabilitatsiyasiga oid yangi, samarali va individual yo‘naltirilgan yondashuvlarni ishlab chiqish uchun asos yaratadi.
Kalit so'zlar
O‘pka raki, surunkali yurak etishmovchiligi, davolash, reabilitatsiya, hayot sifatini yaxshilash.
Adabiyotlar
1. Всемирная организация здравоохранения. Всемирный доклад о раке 2022 года. – Женева: ВОЗ, 2022. – 128 с. 2. Sung H., Ferlay J., Siegel R. L., Laversanne M. Global cancer statistics 2022: GLOBOCAN estimates of incidence and mortality worldwide for 36 cancers in 185 countries // CA: A Cancer Journal for Clinicians. – 2023. – Vol. 73, № 1. – С. 1–33. 3. Kwon H. T., Rakhmatullaeva K. A., Lee H. K. et al. Challenges and Suggestions in Management of Lung and Liver Cancer in Uzbekistan: The Second Report of the Uzbekistan–Korea Oncology Consortium // Frontiers in Oncology. – 2022. – Vol. 12. – P. 885531. 4. Министерство здравоохранения Республики Узбекистан. Онкологическая статистика. Годовой отчет по данным Национального онкологического регистра за 2023 год. – Ташкент, 2024. – 52 с. 5. Silver J. K. Cancer rehabilitation and survivorship care: critical components of comprehensive cancer care // American Journal of Physical Medicine & Rehabilitation. – 2015. – Vol. 94, № 5. – P. 470–480. 6. Wang Y., Li Z., Li X. et al. Pulmonary rehabilitation improves exercise capacity and quality of life in lung cancer patients: A randomized controlled trial // BMC Cancer. – 2024. – Vol. 24. – Article number: 133. 7. Licht T., Crevenna R. Quality of Life in Cancer Rehabilitation – Topical Collection Introduction // Cancers (Basel). – 2023. – Vol. 15, № 7. – P. 1889. 8. Institute of Medicine (IOM). From Cancer Patient to Cancer Survivor: Lost in Transition. – Washington, DC: National Academies Press, 2006. – 512 p. 9. American Cancer Society. Cancer Facts & Figures 2023. – Atlanta: American Cancer Society, 2023. – 72 p.