Irgashev Kamron Nodirovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Irgashev Kamron Nodirovichning 14.00.21 - “Stomatologiya” ixtisosligi bo‘yicha «Tishlarning patologik yemirilishi bo‘lgan bemorlarda stomatologik reabilitatsiya samaradorligini oshirish» mavzusidagi tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 20-oktabr kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy.
Tel/faks: (+998 66) 233-30-34
e-mail: ilmiyprorektori@sammi.uz
