Xatamova Madinaxon Anvarovnaning dissertatsiya ishi himoyasi haqida

Xatamova Madinaxon Anvarovnaning 14.00.21 – «Stomatologiya» ixtisosligi bo‘yicha «Metallni qayta ishlovchi korxonalar ishchilarida parodont kasalliklarining profilaktika va davosini takomillashtirish» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02 raqamli Ilmiy kengashning majlisi 2026 – yil 28 – avgust kuni 13:00 da bo‘lib o‘tadi.
Ilmiy rahbar: Nazarova Nodira Sharipovna — tibbiyot fanlari doktori, professor.
Manzil: Samarqand shahri, A.Temur ko‘chasi, 18-uy.
Tel.: +998 (66) 233-30-34