Adhamova Laziza Abror qizining tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Adhamova Laziza Abror qizining 14.00.08 - “Oftalmologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Markaziy seroz xorioretinopatiyani kompleks davolashda mikroimpuls lazer ta’sirining samaradorligini klinik va funksional asoslash” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc. 06/2025.27.12.Tib.17.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 22-avgust kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140100, Samarqand sh., Amir Temur ko‘chasi, 18-uy. Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Tel.: (99866) 233–30–34
e-mail: sammu@sammu.uz