×
Menu
Close Menu

Patologik anatomiya ixtisosligi bo‘yicha PhD dissertatsiyasi muhokamasi – Ilmiy seminar №2

  2026-yil 24-fevral kuni soat 14.00 da Samarqand davlat tibbiyot universiteti Morfologiya korpusi 1 qavatdagi 106 xona (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi) Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.17.05  raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar № 2 majlisi offlayn va onlayn shaklda bo‘ladi.

Kun tartibi:

  14.00.15 – Patologik anatomiya ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor mustaqil izlanuvchi Djumanova Gulchexra Eshmamatovnaning “Homila  ichi  infeksiyasidan  vafot  etgan chaqaloqlar  buyrak  usti  bezidagi o‘zgarishlarning  morfologik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi.

  Ilmiy rahbar: t.f.d., v.v.b., professor Eshbayev Erkin Abduxalimovich.

  Retsenzentlar:

1. Muxsinova Maxzuna Xolmuradovna - Toshkent Davlat tibbiyot universiteti, kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.

2. Sanoyev Baxtiyor Abdurasulovich – Buxoro davlat tibbiyot instituti, kafedra mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi (PhD), dotsent.

  Ilmiy seminar raisi, (DSc), prof:                                      F.M. Xamidova.