Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  TIJ uchun 2-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasining mas'ul xodimi assistent Shamsiyeva Malika Shuxratovna talabalar bilan faol ish olib bormoqda, har hafta kafedra tomonidan tasdiqlangan reja asosida to'garagi o'tkaziladi.

  Talabalarning ilmiy to'garaklaridagi ishtiroki kafedra ishidagi o'quv jarayonining ajralmas qismi bo'lib, unda 12 dan ortiq talabalar ishlaydi. Ularning tadqiqot ishlari materiallari har yili universitetning yosh olimlari konferentsiyasida e'lon qilinadi va eng yaxshi ishlar universitetlararo ilmiy konferentsiyalarga yuboriladi.

  2020 yil 20-28-may kunlari mamlakatimizda oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida Respublika onlayn olimpiadasi bo'lib o'tdi. Olimpiadada turli fanlar bo'yicha turli oliy o'quv yurtlari talabalari ishtirok etdilar. Uning yakunlariga ko'ra, "Akusherlik va ginekologiya" fanidan Pediatriya fakulteti talabasi Olimova Gulhayo II darajali diplomi bilan mukofatlandi. Ilmiy rahbari: assistent Shamsiyeva M.Sh.

  26.10.2021 yilda Toshkent Meditsina akademiyasida o’tkazilgan «Mejdunarodnaya olimpiada po prakticheskim navikam «Virtuozi meditsini»» Pediatriya fakulteti 606-guruh talabasi Olimova Gulhayo nominatsiya diplomiga ega bo’ldi.

  2021 yil 14-15 dekabr kunlari SamDTU Xalqaro «Samarqand 2020» olimpiadasida ishtirok etgan talabalarimiz turli xil darajadagi diplom sohiblari bo’lishdi, jumladan:

  • Pediatriya fakulteti 511-guruh talabasi Xushbakova Xurriyat – I darajali diplom.
  • Pediatriya fakulteti 408-guruh talabasi Abduganiyeva Iroda – II darajali diplom.
  • Pediatriya fakulteti 606-guruh talabasi Olimiva Gulxayo – III darajali diplom.

  20.05.2022 yilda SamDTUda o‘tgan «Dostijeniya fundamentalnoy, prikladnoy meditsini i farmatsii» 76-xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyaga TIJ a'zolari tomonidan jami 8 ta tezis yuborildi.

  • Pediatriya fakulteti 408-guruh talabasi Abduganiyeva Iroda Assistent M.Sh. Shamsiyeva rahbarligida eng yaxshi ilmiy izlanish diplomi sohibi bo’ldi.
  • Pediatriya fakulteti 518-guruh talabasi Ibrohimov Dilshod sertifikat bilan mukofatlandi.
  • Pediatriya fakulteti 518-guruh talabasi Raxmatov Umarbeksertifikat bilan mukofatlandi.