×
Menu
Close Menu

DKTF stomatologiya kafedrasi

Nazarova Nodira SHaripovna 

kafedra mudirasi, t.f.d., professor

Qabul vaqti:

Dushanba-Shanba: 08:30-17:00

Tel: +998 (90) 445 50 05
Manzil: Samarqand Sh., O. Sharq ko'chasi, 10-uy

KAFEDRA XODIMLARI


Abduvakilov Jahongir Ubaydullayevich t.f.d., professor

Dars o’tadigan fani:
Terapevtik stomatologiya
Tel:


Dars o’tadigan kurslari:

Musaeva Gulcheхra Abduhamitovna

Dars o’tadigan fani:

Terapevtik stomatologiya

Tel:

+998 (91) 575 11 74

Dars o’tadigan kurslari:

Nurmatov Ortiq Sattorovich

Dars o’tadigan fani:


Tel:

+998 (90) 101 30 30

Dars o’tadigan kurslari:



Axmadov Inomjon Nizomitdin o‘g‘li Assistent

Dars o’tadigan fani:

Ortodontiya, Xirurgik stomatologiya

Tel:

+998 (91) 380 19 06

Dars o’tadigan kurslari:


Sadriyev Nizom Najmiddinovich Assistent

Dars o’tadigan fani:

Ortopedik stomatologiya, Xirurgik stomatologiya

Tel:

+998 (90) 655 58 55

Dars o’tadigan kurslari:


Sanaqulov Jamshed Obloberdi o‘g‘li Assistent

Dars o’tadigan fani:

Ortopedik stomatologiya

Tel:

+998 (99) 590 49 90

Dars o’tadigan kurslari:


Anvarova Muxtasar Anvarovna Assistent

Dars o’tadigan fani:

Bolalar terapevtik stomatologiyasi

Tel:

+998 (88) 030 37 78

Dars o’tadigan kurslari:


KAFEDRA TARIXI


  Stomatologiya kursi 2005-yilda prof. A.M. Shamsievning 92-sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan bo’lib, kafedra mudiri etib A. A. Хolbaev tayinlangan. A.A. Baхodirov va G. A. Musaevalar o’z faoliyatlarini assistentlar sifatida boshladilar. Ushbu kursda "terapevtik stomatologiya" yo’nalishi bo’yicha vrach-stomatologlar o’qitilgan.

  2020-yilning 28-iyulidan boshlab SamDTI rektori professor Rizaev J.A. tashabbusi bilan, stomatologiya kafedrasi 543/AF buyrug’i bilan tashkil etildi.

  Hozirgi kunda kafedrada t.f.d., prof. Nazarova N.SH., t.f.d., prof. Abduvakilov J.U., assistentlar Musaeva G. A., Nurmatov O.S., Axmadov I.N., Sadriyev N.N., Sanaqulov J.O., Anvarova M.A. ushbu kafedrada o’z faoliyatini olib boradi.

  Kafedra turli sohalar bo’yicha stomatologlar tayyorlaydi: davolash, ortopedik, bolalar, jarrohlik stomatologiya va ortodontiya. Shuningdek, ushbu bo’limda ular stomatologiyaning barcha sohalarida qayta tayyorgarlikdan o’tadilar.

  Kafedra faoliyati davomida respublikamizning barcha viloyatlaridan mingdan ortiq stomatologlar o’z malakasini oshirishga muvaffaq bo’lishdi.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Yosh avlodga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ularning sog‘lom, barkamol shaxs sifatida voyaga yetishiga hissa qo‘shish — o‘zbek xalqining eng qadimiy va ezgu an’analaridan biridir. Bugungi kunda bu an’ana davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan bo‘lib, har bir ta’lim muassasasida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy faoliyat olib borilmoqda. Shu jumladan, bizning DKTF stomatologiya kafedramizda ham ma’naviy-ma’rifiy ishlar eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida doimiy ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

  Kafedramizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida muntazam olib boriladi. Ushbu faoliyatni men, Sadriyev Nizom Najmiddinovich, kafedraning mas’ul o‘qituvchisi sifatida muvofiqlashtirib, professor-o‘qituvchilarimiz bilan hamkorlikda tashkil etib kelmoqdaman.

  Bizning asosiy maqsadimiz — talabalarimizning intellektual salohiyatini oshirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, vatanparvar, irodali va barkamol shaxslar etib tarbiyalashdir. Shu yo‘nalishda professor-o‘qituvchilarimiz quyidagi vazifalarni amalga oshirmoqdalar:

  •  Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, shuningdek, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmon hamda qarorlari mazmunini talabalar ongiga singdirish va izchil tushuntirib borish;
  •  Yosh avlodda milliy g‘urur va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish, ularni barkamol inson sifatida shakllantirish;
  •  Respublikamizda olib borilayotgan bunyodkorlik va islohotlarni keng targ‘ib etish;
  •  Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish;
  •  Siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish;
  •  Dunyo va mamlakatimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy voqealar haqida talabalarga o‘z vaqtida ma’lumot yetkazib berish;
  •  Talabalar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, hamjihatlik va do‘stlik tamoyillarini mustahkamlash;
  •  Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, to‘garaklar va klublar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

KAFEDRA O`QUV VA O`QUV-METODIK ISHLARI


  Kafedrada o’quv-uslubiy ishlar O’zbekiston Respublikasining o’quv me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi. shu jumladan:

  • O’zbekiston Respublikasi maorif to’g’risida (29 avgust 1997 y).
  • Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi (29 avgust 1997 y).
  • O’zbekiston Respublikasi SSVning 2018 yil 26 fevraldagi № 125-sonli “Sog’liqni saqlash хodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va boshqarishdagi davlat talablari” buyrug’i.
  • 06.05.2019 yildagi PQ-4310 “Tibbiy va farmasevtik tizimda kadrlar tayyorlash hamda ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori.
  • Fanlar yo’nalishlari bo’yicha standart va ishchi dasturi.

  7.04.2020 yildagi PQ-4666 “Mediko-sanitar sferada kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini amalga kiritish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori.

  O’zbekiston Respublikasi SSVning 15.06.2020 yildagi № 160-sonli “Tibbiy sanitariya va farmasevtika kadrlarni uzluksiz malakasini oshirish tizimini tashkil etish to’g’risidagi buyrug’i.

  Kafedra faoliyati stomatologiyaning barcha tarmoqlarining zamonaviy teхnologiyalarini, boshlang’ich iхtisoslikni o’rgatish, davolashning yangi usullari, diagnostikasi, davolashning zamonaviy standartlarini o’rgatishga qaratilgan. Kafedra Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasida joylashgan bo’lib, o’z faoliyati uchun zarur bo’lgan zamonaviy diagnostika uskunalari, shuningdek, Rossiya va boshqa mamlakatlarda tahsil olgan malakali mutaхassislar faoliyat ko’rsatmoqda.

  SamDTI Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti stomatologiya kafedrasi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha mutaхassisliklar tayyorlash uchun mo’ljallangan: bolalar, terapevtik, ortopedik, хirurgik stomatologiya va ortodontiya yo’nalishlari bo’yicha mutaхassislar uchun 7 ta o’quv dasturiga ega.


  O’qitish quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv asturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedra kutubxonasi:


  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 40 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.


Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni fizioterapiya va rentgenologik diagnostika xonalarida ko’rish tashkil etilgan


Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari


  Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O'zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda.

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 1 nafar xodim mustaqil izlanuvchi (Axmadov I.) va 1 nafar xodim (Xatamova M.) bir vaqtning o'zida asosiy doktoranturada o'qiydi.

  So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 1 ta darslik, 3 ta o'quv qo'llanma, 4 ta monografiya, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 150 dan ortiq maqolalar.

Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan qo'llanmalar

Mualliflar

Chop etilgan qollanmaning nomi

Chop etilgan qollanmaning turi

J.O. Rizayev, N.Sh. Nodira

Tamaki yetishtiruvchilarda zararli omillar tufayli kelib chiqadigan stomatologik kasalliklar.

Monografiya

Ж.О. Ризаев, Н.Ш. Нодира

Стоматологические заболевания у работающих в табаководстве

Монография

Nazarova N.Sh., Musayeva G.A., Abduvakilov J.U., Ravshanov I.R.

Stomatologik kasalliklarni davolashda fizik usullarni qo’llash

O’quv-uslubiy qo’llanma

Nazarova N.Sh., Musayeva G.A., Abduvakilov J.U., Ravshanov I.R.

Ko’p shaklli eksudativ eritema

Uslubiy qo’llanma

Nazarova N.Sh., Musayeva G.A., Belenova I.A., Astanakulova M.M., Abduvakilov J.U., Ravshanov I.R.

Stomatologiyada qo’llaniladigan zamonaviy xomashyolar

O’quv qo’llanma

Rizayev J.O., Nodira N.Sh., Abduvakilov J.U., Musayeva G.A.

Paradontologiya asoslari

Darslik

Rizayev J.O., Nodira N.Sh., Abduvakilov J.U.,

Shisha tolali tuzilmalarni ishlab chiqaruvchi ishchilarda og’iz bo’shlig’I patologiyalari

Monografiya

Nodira N.Sh., Abduvakilov J.U.,

Metabolic sindrom negizida kechuvchi surunkali tarqalgan paradontit

Monografiya



Xalqaro hamkorlik aloqalari


  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari institut rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, halqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo'naltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.

  60 dan ortiq davlat va halqaro tashkilotlari, chet eldagi universitetlari va ilmiy – tadqiqot markazlari taʼlim va fan yunalishda halqaro hamkorlikning qatnashchilarini bilan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tenglik mohiyatidan kelib chiqqan holda aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Аmerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarning rivojlanishi qoʼshma dastur va taʼlim mobilligiga asoslangan.

  Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU-ga tashrif buyuradigan chet eldagi eqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.

  SamDTU butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va institut eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.

  Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlari oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:

  • Akademik I.P. Pavlov nomidagi birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti
  • Rossiya biotexnologiya universiteti
  • S.J.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti
  • Abu ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti
  • Tbilisi davlat tibbiyot universiteti
  • Dog’iston davlat tibbiyot universiteti
  • Kirov davlat tibbiyot universiteti
  • Rossiya xalqlar do’stligi universiteti, Tibbiyot instituti
  • Smolensk davlat tibbiyot universiteti
  • I.Q. Oxunboyev nomidagi Qirg’iziston davlat tibbiyot akademiyasi
  • V. I. Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti