
Kadirov Jonibek Fayzullaevich DSc, Dosent
"Yuqumli kasalliklar" kursi rahbari,
| Qabul vaqti: | Dushanba-Shanba: 09:00-15:00 |
| Tel: |
+998 (90) 901 57 97 |
| E-mail: | jonibek1984@mail.ru |
| Manzil: |
Samarqand shahri., Dagbitskaya
ko'chasi., uy 97.
|
KAFEDRA XODIMLARI
Olanov Absamat Abduraimovich
| Dars o’tadigan fani: |
Yuqumli kasalliklar
|
| Tel: | +998 (90) 655 27 52 |
| Dars o’tadigan kurslari: |
Samibaeva Umida Xurshidovna
| Dars o’tadigan fani: | Yuqumli kasalliklar
|
| Tel: | +998 (90) 270 56 86 |
| Dars o’tadigan kurslari: |
KAFEDRA TARIXI
Samarkand davlat tibbiyot institutinig yuqumli kasalliklar kafedrasi, institut tashkil etilgan dastlabki yillardanok, ya’ni 1933- yilda tashkil etilgan.
Uning ilk rabari t.f.d, professor P.A Alisov bo‘lgan. Kafedra usha davrlarda yuqumli kasalliklarning turli xil muammolari ustida ilmiy ishlar olib borib, 14 ta ilmiy makola, 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoklangan.
1938-1949 yilgacha kafedrani dotsent I.A.Kusaev boshqarib, kafedrada 20 ta ilmiy makola va 2 ta nomzodlik dissertatsiya ximoya kilingan.
1949-1950 yillarda kafedrani dotsent I.K.Musabaev boshqargan va kafedrada 1951- yilda «Tif paratif kasalligida jigardagi funksional o‘zgarishlar» mavzusida doktorlik dissertatsiyasi I.K. Musaboev tomonidan ximoya kilingan.
1953-1957 yilda kafedrani dotsent A.M. Dikovskiy, 1958-1960 yilda dotsent P.A. Aleksiev boshqarib, kafedrada 5 ta ilmiy maqola chop etilgan.
1956- yilda yuqumli kasalliklar kafedrasida epidimiologiya kursi ochilib, uni 1958- yilgacha N.B. Yegorov, 1958 -1974 yilgacha esa professor P.M. Lerner boshqagan.
1974-yildan boshlab epidimiologiya kursi kafedra sifatida ajralib chikkan. Kafedrani 1961-1985 yilgacha dotsent, 1975 yildan professor A.A. Toshpulatov boshkarib, kafedraning ilmiy pedogogik xodimlari parazitar kasalliklar kushilgan dizenteriya kasalligining etiopatogeniz, klinikasi va davolash usullari ustida ilmiy ishlar olib borishgan. Assistent E.S.Burxonov «Botkin kasalligida mis almashinuvi», 1965 yilda assistent X.X. Zakirov «Dizenteriyada askarbin kislota almashinuvi buzilishi» mavzusida ilmiy ishlar olib borganlar.
1960- yildan boshlab kafedra virusli gepatit muammosi bilan shug‘ullana boshlagan.1969-yilda S. X. Vafokulov «virusli gepatitda azot aminokislotalarining miыdori» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya kilgan.
1961-85- yillarda kafedrada ilmiy ishlar jonlanib 4ta nomzodlik dissertatsiyasi 3ta doktorlik dissertatsiyasi ximoya kilingan, xamda 1ta ilmiy kitob, 200 ta ilmiy makola chop etilgan.
1985-90- yillarda kafedrani S.X.Abdullaev boshqarib 11 ta ilmiy xodimlr faoliyat yuritishgan.
1985-90- yillarda kaferada 60 dan ziyod ilmiy ishlar chop etilib, 8 ta uslubiy, o‘quv uslubiy tavsiyanomalar chikarilgan.1987-yilda S.X.Abdullaev doktorlik dissertatsiyasini ximoya kilgan.
1990-1995- yillarda kafedrani A.X. Tursunov boshkargan.
1991-95- yillarda kafedrada 2ta nomzodlik dissertatsiyasi (assistent I.S.Sirojov 1991-yil, tadkikotchi Atamurodov T.A 1993-yil) ximoya kilingan, hamda 20 dan ziyod ilmiy ishlar chop etilib 3 ta uslubiy tavsiyanoma bosmadan chikarilgan.
NOSIROV FARXOD ShODIEVICh
Nosirov Farxod Shodievich 1940 yilda tugilgan, 1965 yilda Samarkand davlat tibbiyot institutini tugatgan.
1972 yilda « Promastirotlarni ayrim sitoximik xarakteristikasi va patogenlik faktorlari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya kilgan.
1995 yilda « Leyshmaniyalarni virulentligini korrelyasiyasi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya kilgan.
Nosirov F.Sh. 104 ilmiy ishlarni muallifi bulib, shundan 94 tasi ilmiy makola, 9 ta ilmiy uslubiy kullanma, 1 ta ratsionalizatorlik taklifnoma.
F.Sh. Nosirovning 3 ta makolasi xorijda ( Germaniya, Fransiya, Vengriya) chor etilgan.
Ilmiy ishlarini infeksion parazitar patologiyalarni muammolari yunalishida olib bormokda.
1995-yil sentabrdan kafedrani F.Sh.Nosirov boshqargan va 16 ta ilmiy xodim izlanishlar olib borgan. U 1972-yilda «Pramastirotlarni ayrim sitoximik xarakteristikasi va patogenlik faktorlari» mavzusida kanditatlik, 1995-yilda «Leyshmaniyalarni virulentligini korrelyasiyasi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya kilgan.
1997-yil SamMI rektorining 30.04 1997 y№-97 sonli buyrug‘i bilan, yukumli kasalliklar zamirida VMOF yuqumli kasalliklar kaferasi tashkil kilingan.
2001-yilda, yukumli kasalliklar kafedrasi, institut rektorining 09.06.2001- yildagi № 351 sonli buyrug‘i bilan yukumli kasalliklar kursiga aylantirilgan.
2006-yilda yukumli kasalliklar kursida shtatlar kiskartirilib, 2 ta professor o‘qituvchilar shtati koldirilgan.
2006-yilda yuqumli kasalliklar kursida shtatlar qiskartirilib, 2 ta shtat birligi qoldirilgan va t.f.d. F.Sh.Nosirov, dotsent S.Sirojov faoliyat ko‘rsatishgan.
Yuqumli kasalliklar kursini, sungra 1997- 2014-yillar davomida t.f.d. F.Sh. Nosirov boshqargan.
OSLANOV ABSAMAT ABDURAXIMOVICh
Oslanov Absamat Abduraximovich, 1060 yilda tugilgan, 1983 yilda Samarkand davlat meditsina instituti davolash fakultetini tamomlagan.
1983-1984 yillarda Navoiy shaxrida internatura, 1984-1986 yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida KVA mudiri bulib ishlagan.
1986-1998 yillarda Samarkand shaxar № 3 sonli shaxar yukumli kasalliklar shifoxonasida vrach ordinator, 1998-2004 yillarda Samarkand viloyat Soglikni saklar boshkarmasida muttaxassis bulib ishlagan.
2004- yildan boshlab Samarkand davlat tibbiyot instituti, vrachlar malakasini oshirish fakulteti, yukumli kasalliklar kursida assistent bulib ishlab kelmokda.
2008- yildan to xozirgi kungacha kurs ukuv ishlari mudiri. 10 ta ilmiy makola, 1 ukuv uslubiy kullanma chikargan.
Ilmiy ishlarni Utkir va surunkali virusli gepatitlarni Uzbekiston sharoitida patogenetik davolashni ayrim jixatlari yunalishida olib bormokda.
t.f.n. Dotsent Yarmuxamedova M.K.
2012-2014 SamTI “Yukumli kasalliklar epidemiologiya va dermatoveerologiya” kafedrasimudiri vazifasida Yarmuxammedova Maxbuba Kudratovna tayinlangan. 1985 yildan SamMI “Bolalar yukumli kasalliklari” kafedrasiga konkursdan utib ishga qabul qilingan. 1993 yil iyun oyida «Yukumli kasalliklar» mutaxassisligi bo‘yicha ,,Znachenie irridodiagnosiki pri virusnыx gepatitax A i V” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Umumiy ish staji 39 yil, Samarqand Davlat tibbiyot institutida ilmiy pedagogik ish staji – 35 yilni tashkil kiladi. 2000-2012 yillar “Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va dermatovenerologiya” kafedrasi dotsenti bo‘lib ishlagan. Hozirgi kunga qadar 4 ta magistrlik ishiga rahbarlik kilgan. Yarmuxamedova M.K. “Yukumli kasalliklar” bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bilan bog‘liq xolda ilmiy izlanishlar olib boradi. Shu kunga qadar 250 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir, jumladan 45 ta o‘quv qo‘llanma, 72 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratgan. Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga dotsent M.K.Yarmuxamedova bemorlarga konsultativ yerdam o‘tkazmoqda. U institut va kafedra ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha umum jamoa ishlarida faol qatnashib kelmokda. Institut talabalari, bemorlarning ota-onalari va mahalla aholisi orasida dotsent M.K.Yarmuxamedova ma’naviy- targ‘ibot ishlarni faol va muntazam ravishda olib borayapti.
2013 yil kafedra tarkibiga dermatovenerologiya kafedrasi biriktirildi. Kafedra nomi «Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va dermatovenerologiya” deb o‘zgartirildi.
2013 yildan boshlab hozirgi kungacha kafedra mudiri bo‘lib dos. Yarmuxammedova N.A. hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida 200 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etildi, shulardan 43 tasi chet el jurnallarida nashr etilgan. Dos. Yarmuxammedova N.A. Moskva, Sankt-Peterburg, Ostona, Istanbul, Bukovinada bo‘lib o‘tgan xalqaro simpoziumlar va konferensiyalarda ishtirok etdi.
2020 yilda kafedra tarkibidagi “Epidemiologiya” va “Dermatovenerologiya kafedrasi ajralib chiqib, kafedra nomi “Yuqumli kasalliklar” kafedrasiga aylandi.
2014-2020 yilar yuqumli kasalliklar kursiga dos. M. Q. Yarmuxammedova mudiri bulgan.
Kurs xodimlari M.Q.Yarmuxammedova tomonidan 120 ta , A.A.Oslanov tomonidan 54 ta, A. O. Orziqulov tomonidan 94 ta, U.X.Samiboeva tomonidan 49 ta ilmiy ishlar qilingan.
2020 yil sentabr oyidan DKTF «Yukumli kasalliklar» kursiga Dos. Kadirov J.F. mudirlik kilib kelmokda.
t.f.d. Dotsent Qodirov J.F.
KAFEDRA MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI
Asosiy maqsadimiz yuqori malakali shifokor tayyorlash bilan birga, manaviy-marifiy shakllangan etuk muttaxasis tayorlashdan iborat. Kursda ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi Oslanov A.A. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi. Ushbu ishga mas'ul o'qituvchi Oslanov A.A. kursda professor-o'qituvchilar va talabalar o'rtasida tarbiyaviy ishni yuqori saviyada utkazilishini ta`minlaydi. Kafedradagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar quyidagicha yo`lga qo`yilgan:
- 1 sentyabr Uzbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami eng buyuk, eng aziz qadriyat sifatida nishonlash to`g`risida;
- Kafedrada “Axborot va murabbiylik soatlari’’ni dars jadvalida kursatilgan holda yuqori saviyada o’tkasilishini taminlash;
- Talabalarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularda axborot technologiyalardan tug’ri foidalanish kunikmalarni shakllantirish, kitobxonlikni targ’ib qilish;
Shuningdek, kafedra oʻqituvchilari talabalarni hafta mobaynida Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, barkamol avlodni tarbiyalashga yordam beruvchi umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash va fazilatlarini oshirish va takomillashtirish ishlarini doimiy ravishda olib borishadi.
Talabalar orasida quyidagi mavzularda davra suhbatlarini oʻtkazib turishadi:
- respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
- talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
- talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
- dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish;
- talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish;
- kafedrada yuqumli kasallikklarning hozirgi zamon klinik kechishi, diagnostikasi, davosi, profilaktikasi tug`risida to`garak tashkil qilish va talaba, magistr, klinik ordinatorlarni jalb qilish.
KAFEDRA O`QUV VA O`QUV-METODIK ISHLARI
Yuqumli kasalliklar kursida DKTF fakultetida kursantlar «Yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari» fanlari dasturlari asosida taxsil olishadi.
Kursda klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan bo’lib «Yuqumli kasalliklar», «Bolalar yuqumli kasalliklari» mutaxassisliklari bo’yicha amaliy va nazariy dars mashg’ulotlari olib boriladi. Kursda klinik ordinatorlarni mutaxassislikga doir bilim va ko’nikmalarini o’quv yili davomida muntazam ravishda amalga oshirilib borilishi kurs professor-o’qituvchilari va shifoxona shifokorlari bilan birgalikda olb boriladi.
Yuqumli kasalliklar kursida respublikamizning boshqa tibbiyot oliygohlarini professor-o’qituvchilari bilan xamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan bo’lib, o’quv yili davomida mutaxassislikga oid ma’lumotlar o’zaro almashinishinib boriladi.
O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №160 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– tasdiqlangan davolash standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Yuqumli kasalliklar kafedrasida o’quv jarayonini tashkil qilinishida telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
- Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 80 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Kafedra kutubxonasini boyitilishi xar yili, muntazam ravishda yangilanib boriladi. Kafedra xodimlari respublikamizni boshqa tibbiyot oliygoxlari, kollej va texnikumlari bilan xamkorlikda o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar yaratib borishadi.
Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni ustida ishlash uchun barcha bemorlarda klinik tekshiruvlar, instrumental tekshiruvlar (UTT, fibroskan), umumiy va biokimyoviy taxlillar orqali, bakteriologik va serologik tekshirish usullari yordamida (kulturalar, IFA, PZR) tashxislash amaliyoti tashkil etilgan.
ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O'zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda. Kursda ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha mas'ul PhD, assistant Samibaeva U. X.
Barcha xodimlar kurs va institutning ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadilar.
Kafedraning ilmiy yo'nalishlari:
- Yuqori isitma bilan kechadigan yuqumli kasalliklar diagnostikasini optimallashtirish.
- Covid 19 diagnostikasini optimallashtirish.
- OIV infektsiyasining erta tashxisini optimallashtirish usullari.
- Kadirov Jonibek Fayzullaevich-2021 yilda "bolalarda OIV infektsiyasini bashorat qilish" mavzusida nomzodlik himoyasi o'tkazildi. Hozirgi kunda kafedraning 1 nafar xodimi mustaqil tadqiqotchilardir. Ular quyidagi sohalarda tadqiqotlar olib boradilar:
- Samibaeva Umida Xurshidovna"murakkab bakterial pnevmoniya bilan kasallangan covid 19 bemorlarida endotelial dissfunktsiyaning etiologik va patogenetik ahamiyati". Yuqumli kasalliklar - 14.00.10;
2025-yil 1-may kuni assistanti U.X. Samybayeva nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2025 yil 7 iyulda J.F. Qodirov nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Kafedra xodimlari tomonidan oxirgi yillarda respublikada 160 ta maqola, xorijda 10 ta maqola, Scopus i Web of Science roʻyxatiga kiruvchi jurnallarda 20 dan ortiq maqolalar nashr ettirilgan. Chop etilgan oʻquv uslubiy qoʻllanmalar soni 200 dan ortiq. Shuningdek, soʻnggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 9 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 13 ta elektron dastur chop etilgan.
XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI
4-5-kurs talabalari uchun" yuqumli kasalliklar " fanidan amaliy mashg'ulotlar uchun akademik harakatchanlik o'tkazildi Sankt-Peterburg davlat pediatriya pediatriya fakulteti tibbiyot universiteti Kadirov Jonibekning akademik harakatchanlik dasturi doirasida Fayzullayevich Samarqandning "yuqumli kasalliklar" kafedrasi mudiri davlat tibbiyot universiteti, 16.05.2022 yildan 20.05.2022 yilgacha
"Institut" Gou o'rtasida ta'lim almashinuvini o'tkazish to'g'risida Respublika sog'liqni saqlash sohasida aspirantura ta'limi Tojikiston " va Samarqand davlat tibbiyot O'zbekiston Respublikasi instituti Ushbu AKT bilan Samarqand davlat tibbiyot institutining "yuqumli kasalliklar" fpdo kursi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi J. F. Qodirov akademik harakatchanlik dasturi doirasida "OIV infektsiyasi, Covid - 19, virusli gepatit" mavzusida ma'ruzalar o'qidi va amaliy mashg'ulotlar o'tkazdi. "Yuqumli kasalliklar" 15.11.2021 yildan 20.11.2021 yilgacha
Ulashish