×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  Kafedramizda talabalar ilmiy jamiyati tashkil qilingan. Xozirgi kunda kafedra TIJga Stomatologiya fakulьtetining 3 va 4 kurs talabalari orasidan 120 nafar talaba aʼzo boʼlgan. Talabalar ilmiy jamiyati boʼyicha masʼul assistent Mamatkulov F.X. talabalarga “Xirurgik stomatologiya”, “Dental implantologiya”, “Paradontal xirurgiya”, yoʼnalishlari boʼyicha maʼruza va maxorat darslarini oʼtib kelmoqdalar.

   " Ogʼiz boʼshligʼi jarrohligi va dental implantologiya " kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh ma'naviyatchilar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  Tibbiy bilimlar va faoliyatning ijtimoiy-gumanitar muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Mamatkulov Farxodjon Xusenovich, bugungi kunda u asosiy doktorant, shuningdek 100 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.