Kafedrada 2-kurs xalq tabobati, 2-3 kurs davolash, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, stomatologiya fakulteti talabalari «Patologik fiziologiya» fani dasturi asosida tahsil olishadi.
Har bir fakultet va kurs uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar asosida dars mashg’ulotlari olib boriladi:
– Malaka talablari;
– Davlat standarti;
–O’quv reja;
–Ishchi o’quv reja;
– O’quv modul dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Kalendar-tematik reja;
– Sillabus;
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv asturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
Kafedra kutubxonasi:
- Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 50 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Kafedrada laboratoriya ishlari faol olib boriladi