Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

    Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari universitet rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, halqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo`naltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan ta’lim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish amaliyoti bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoit yaratish, tibbiyotga zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalar, eng yangi yutuqlarni qo‘llagan holda, xorijning tibbiyot sohasidagi ta’lim muassasalari bilan birgalikda yuqori malakali professorlar, ilm-fan mutaxassislarining o‘zaro fikr va tajriba almashishlari maqsadida dunyoning yetakchi ta’lim muassasalari bilan muntazam hamkorlik qilib kelinyapti.

    Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining qator tibbiyot universitetlari va ilmiy-tekshirish institutlari bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Hamkorlikda integral ma’ruzalar, amaliyot seminarlari, ilmiy ishlar taqdimotlari o‘tkazib kelinmoqda.

    Kafedra mudiri professor Samieva Gulnoza Utkurovna Samarqand Davlat tibbiyot universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari qatorida 2022 yil noyabrda Turkiya Madaniyat Universiteti tibbiyot fakultetida, 2023 aprelda Rossiyaning Boltiq Federal Universitetida (Rossiya, Kaliningrad) akademik mobillik doirasida tajriba va malaka almashishda bo’lib qaytdi.