Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  "Gematologiya" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh ma'naviyatchilar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  Tibbiy bilimlar va faoliyatning gematologiya muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Temirov Nuriddin Najmeddinovich, bugungi kunda Gematologiya markazi ordinatori xamda SamMU Gematologiya kafedrasi assistenti, shuningdek 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

  Gematologiya kafedrasida tashkil qilingan T.I.J ga 2022-2023 o‘quv yilida 17-nafar talaba a'zo qilib olingan bo‘lib, ularning barchasi ilmiy izlanishlarda qatnashmokdalar.

  Ilmiy izlanishlarni olib borishda kafedra xodimlarining barchasi talabalarga yaqindan yordam berishadi.

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta'lim vazirligi va hamdo‘stlik davlatlarida tashkil qilinayotgan halqaro olimpiadalarda T.I.J a'zolari faol ishtirok etib sovrinli o‘rinlarini egallab kelmoqdalar.

  T.I.J a'zolari tomonidan SamMU iqtidorli talabalar va magistrlarining 76- ilimiy anjumaniga ilmiy maqolalar, ilmiy ma'ruzalar nashr qildilar. Kafedramiz o‘qituvchilari rahbarligida bir necha talabalar o‘z ilmiy ishlarini ilmiy anjumanlarda qatnashib nashr qildirdilar.