Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Xatirchi jamoat salomatligi texnikumi


To’raqulov Uyg’un Sag’dullayevich
Xatirchijamoat salomatligi texnikumi direktori

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel:

+998 (90) 126 75 57

E-mail: xatirchimed@gmail.com
Manzil: Xatirchi t, Yangirabod shaharchasi, Mustaqillik MFY.

TARIXI


  Xatirchi tibbiyot kolleji 2008 yil 30 avgustda tashkil topgan. O'zbekiston Respublikasi VazirlarMaxkamasining 2020 yil 7 avgusdagi“ O’zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ – xuquqiy xujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi466 – sonli qaroriga asosan 2020 yil 21 dekabrdan Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumga o'zgartirilgan. Shun kunga qadar 6 ta yo’nalishda ya’ni Fe’ldsher akusherlik ishi, Fel’dsher laborantlik ishi, Hamshiralik ishi, Farmatsiya ishi, Tibbiy proflaktika ishi va Tibbiy ijtimoiy ishlar yo’nalishlarida 3000 nafardan o’rtiq kadrlar yetishib chiqdi. 4.8 ga umumiy maydonga 555 o'rinli o’quv binosiga ega, Yotoqxona 110 o'rinli, majlislar zali 120 o'rinli, oshxona vakitobxona 30 o'rinli (8682 kitob fondi), sport zal va sport maydonchasi (2008-yilda qurilgan) 100 o'ringa mo'ljallangan.

Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiMa’naviyat va ma’rifat kengashining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

  “Harakatlar strategiyasidan - taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘ash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”ni targ‘ib etish, ushbu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli va samarali tashkil qilish bo`yicha

  10.02.2022 yil kuni Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “2022-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mavzusida yig`ilish o`tkazildi. Yig`ilish kun tartibida inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishi hamda so`nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratilganligi, ushbu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli va samarali tashkil qilish to`g`risida tushuntirildi.

  Bundan tashqari texnikumda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasini to`g`risida”gi PF -60 son Farmonida “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”da belgilangan topshiriqlar ijrosini ta`minlash bo`yicha nazorat rejasi ishlab chiqilgan bo`lib unga ko`ra jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish istagi bor o`quvchi-yoshlarni aniqlash va ular bilan mashg`ulotlar olib borish, milliy sport turlarini o`qitish va mutaxassislar tayyorlash tizimini yangilash imkoniyati cheklangan yoshlar uchun infratuzilma yaratish O`zbekistonda sportning ommaviyligini oshirish maqsadida milliy sport turlari va xalq o`yinlarini rivojlantirish hamda sog`lomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida texnikum sport zalida “Bunyodkor” MFY aholisi “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida har kuni soat 18.00 dan 22.00 gacha sportnining volebol, stol tennis, shaxmat, shashka turi bo`yicha mashg`ulotlar o`tkazilib kelinmoqda.

II. Hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari faoliyati, tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish, monitoring qilish va “Ma’rifat soat”larini tashkil etish hamda texnikumda Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar holatini monitoring qilish reja- jadvalini ishlab chiqish hamda amalga oshirish

  Texnikumda Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2022-yil rejasini tasdiqlangan reja asosida barcha yig`ilishlar o`tkazilib kelinmoqda . Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyat yuritib kelmoqda. Texnikumda “Ma’rifat soat”lai rejasi ishlab chiqilib tasdiqlangan. Haftaning har juma kuni o`qituvchi-pedagoglar va ishchi xodimlar uchun “Ma`rifat soati” o`tkazilib bayonlashtirilib kelinmoqda.

III. Ma’naviy-ma’rifiyva tarbiyaviy ishlarning uzviyligini ta’minlashda mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari va voshlar vetakchilari bilan hamkorlik

  23.02.2022 yil kuni “Bunyodkor”MFYda “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi doirasida “Inson qadri uchun” mavzusida tadbir o`tkazildi.Tadbir davomida U.Murodulloyev- “Bunyodkor” MFY hokim yordamchisi so`zga chiqib, keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) muvofiq inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borishdir.

  O'qitish har bir kurs va yo’nalish uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo'yicha olib boriladi:

-Davlat ta'lim standarti;
-zamonaviy ta'lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

-Namunaviy o'quv dasturi;

-Ishchi o'quv dasturi;

-Ta'lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:

-O'zR SSV №80 buyrug'iga asosan o'zgartirishlar;

-tasdiqlangan tashxis standartlari;

-xalqaro tavsiyalar;

  O'qitish jarayonida quyidagi texnik ta'minotlar mavjud: Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo'lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar markaziy kompyuter ga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O'quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o'qitish uchun mo'ljallangan va o'quv dasturining barcha bo'limlariga to'g'ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

Kafedra kutubxonasi:

  • Kutubxonada ingliz, o'zbek va rustillaridagi 8682dan ortiq o'quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o'quv qo'llanmalar, o'quv-uslubiy qo'llanmalar va boshqalarni o'z ichiga oladi.

  Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni ultratovush, Exo-KG, EKG va rentgenologik diagnostika xonalarida ko'rish tashkil etilgan